O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "2017 yilda g`o`za defoliasiyasini o`z vaqtida va samarali o`tkazish bo`yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida"Qaror imzoladi. 2017 yilda g`o`za defoliasiyasini o`z vaqtida va samarali o`tkazish bo`yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida 2017 yil 21 avgustdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3229-son qarori G`o`zani sifatli defoliasiya qilish, paxta hosilini erta muddatlarda yig`ishtirib olish va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish uchun dalalarni o`z vaqtida tayyorlash maqsadida: 1. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2017 yilda g`o`za defoliasiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari to`g`risidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin. 2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat
...
Читать дальше »
|
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 9 avgust kuni Toshkentda joriy yilning o`tgan 7 oyi mobaynida mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, davlatimiz rahbarining joylarda xalq bilan muloqotlari chog`ida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga bag`ishlangan selektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Selektor yig`ilishida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.
Ma`lumot uchun, 30 iyun kuni Ozodbek Nazarbekov O`zMTRKning "Yoshlar" telekanaliga direktor etib tayinlangan, oradan salkam bir oy muddat o`tgach esa direktorlikdan bo`shagan va kanal prodyuseriga aylangan edi. Manba: Darakchi.uz
|
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jazirama issiq kunlardan qanday saqlanish kerakligi yuzasidan tavsiya berdi. JAZIRAMA ISSIQ - bir necha kunda o`rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko`tarilishini anglatadi. Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oS dan ko`tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oS ga ko`tarilib inson salomatligiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko`tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqga olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to`xtashiga olib kelishi mumkin. JAZIRAMA ISSIQGA TAYYoRGARLIK ChORALARI Suv zaxirasini yaratish uchun qo`shimcha idishlarga suv to`ldirib qo`ying. Issiq kunga mo`ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo`ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlarlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foyd
...
Читать дальше »
|
1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish boshladi. “Xushnudbek.uz” sayti magistratura imtihonlariga va qabul jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar haqida yozdi. Joriy yilda magistraturaga 5 ming talaba, shundan 1556 nafari davlat granti, 3444 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Magistraturada umumiy kvotalar soni o‘tgan yilgiga qaraganda o‘zgarmagan. 20-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi yangi nizom tasdiqlangan edi. Nizomga binoan, qabul jarayonlariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi. Shunga ko‘ra, magistraturaga quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) bo‘lib o‘tadi: magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yo‘nalishining maxsus fanlari (ikk
...
Читать дальше »
|
“O`ztransgaz” kompaniyasi 15 iyuldan e`tiboran aholiga etkazib beriladigan tabiiy gaz narxi oshishi haqida e`lon qildi.
Shu oyning yarmidan boshlab hisoblagich bor xonadonlarda gaz narxi 10 kubometr uchun 2 634 so`mni tashkil qildi (2461 so`m o`rniga, o`sish — 7%).
Hisoblagichi bo`lmagan xonadonlarda 10 kubometr gaz uchun to`lov 4559,9 so`mni tashkil qiladi (hozirgi 4225,9 so`m o`rniga, o`sish — 7,8%), issitish tizimi uchun — 2 112,45 so`m (1973,7 so`m o`rniga o`sish — 7%).
Bungacha kommunal xizmat narxlari 2016 yilning 1 oktyabridan oshirilgan edi.
Shuni ta`kidlash joizki, Prezidentning yangi qaroriga asosan 1 oktyabrdan hisoblagich o`rnatilmagan xonadonlardan ikki baravar narx to`lanishi haqidagi yangi tartib bekor qilindi hamda hisoblagich o`rnatish “O`ztransgaz” AKning shaxsiy mablag`lari hisobiga amalga oshirilishi belgilandi. Manba: Darakchi.uz
|
Joriy yilning 29 iyun kuni Ramazon mavsumi umra ziyoratini ado etish uchun jo`nab ketgan yurtdoshlarimiz sog` – salomat Vatanga qaytib keldilar. “Umra-2017” Ramazon mavsumini namunali tashkil etish ishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 avgust kunidagi PF-3793-son Farmoni asosida tuzilgan "Haj va Umra" tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Respublika Jamoatchilik kengashi qarorlari asosida amalga oshirildi. Ziyoratlar davomida hamyurtlarimizning Saudiya Arabistonida ibodat qilishi, (saharlik va iftorlik) ovqatlanishi, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, kutib olinish va kuzatish bo`yicha tashkiliy masalalar o`zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpazlar tomonidan xizmat ko`rsatildi. 13 iyun kunidan 29 iyun kuniga qadar o`zbekistonlik ziyoratchilarning umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish ishlari tashkil etilib, Din ishlari bo`yicha qo`mita,
...
Читать дальше »
|
28 iyun kuni kechqurun o`zbekistonlik “Umra-2017” Ramazon mavsumi ziyoratchilari Vatanga sog`-salomat qaytdilar.
Ziyoratchilarni kutib olish Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirildi, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati.
Ko`tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Eslatib o`tamiz, ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 29 iyun kuni Toshkentga qaytib keladilar. Manba: Darakchi.uz
|
2017-2018-o`quv yilida viloyat davlat universitetlarining fakultetlar kesimida ajratilgan qabul kvotalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Hurmatli abiturientlar o`z hududingizdan eng munosibini tanlang!
...
Читать дальше »
|
2017 yilning 19 may kuni taxminan soat 17:00 da, Yunusobod tumani hududida joylashgan ko`p qavatli uylarining birida, ayol kishining ko`plab sanchilib kesilgan jarohati bilan murdasi topilgan. Shuningdek, xonadondan unga tegishli bo`lgan “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlari va pullari saqlangan temir quti talon-toroj qilinganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan (qasddan odam o`ldirish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Ali Amankulov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Undan jinoiy yo`l bilan qo`lga kiritilgan 3.600.000 so`m pul, 101 AQSh dollari, “SAMSUNG” rusumli uyali aloqa telefon apparati, tilla taqinchoqlar va erkaklar qo`l soati olingan. Hozirda Amankulovga
...
Читать дальше »
|
26—27-mart va 30—31-mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Shu kunlari shamol tezligi soniyasiga 15—20 metr bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi, qor ko‘chishi xavfi mavjud.
1—4-aprel kunlari respublikada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu kunlarda shamol tezligi soniyasiga 17—22 metr bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, 2-aprel kuni esa ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
2—4-aprel kunlari tunda 1—3 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Manba: Daryo.uz
|
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o`rta ta`lim haqidagi yangi Nizomiga muvofiq mamlakatimiz maktablarida o`quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaydi. O`quvchilar uchun o`quv yilining boshqa vaqtinchalik parametrlari ham o`zgardi. Shu bilan birga kuzgi va bahorgi ta`til muddati ham qisqardi. Mazkur muddat birinchi sinflar uchun saqlanganiga qaramay, ularga ham tuzatishlar kiritildi. Kuzgi ta`til muddati 8 dan 6 kunga, bahorgi ta`til esa 10 dan 7 kunga qisqartirilgan bo`lsa, qishki ta`til 11 dan 14 kunga ko`paytirildi, deya xabar beradi UT nashri. Birinchi sinflar uchun o`quv yili muddati belgilangan bo`lishiga qaramay, ularga ham o`zgartirishlar kiritildi. Ular uchun o`quv yilining davomiylik muddati 30 haftadan 33 haftaga oshirilib, ular ilgarigidek fevral oyida qo`shimcha ta`tilga chiqishadi. Bu o`zgarishlar kiritildi. Bundan tashqari, ilgari pedagogik kengash tarafidan besh kunlik qilib belgilangan o`quv haftaligi qat`iy
...
Читать дальше »
|
Dunyo tarixidagi eng yirik kemaning cho`kishi 100 yil o`tib ham odamlarga tinchlik bermayapti. Superzamonaviy, barcha zaruriy narsalar bilan jihozlangan “Titanik” nomli kema qanday qilib aysberg bilan to`qnashgani bois cho`kishi mumkin edi? Aniqlanishicha, kemaning halokatiga muz bilan to`qnashib ketishidan boshqa omillar ham sabab bo`lgan. Mana ularning ayrimlari. “TITANIK”NING YoQILG`I BO`LMASIDA YoNG`IN ChIQQAN 30 yil davomida kema cho`kishi tarixini o`rganayotgan britaniyalik jurnalist Shenon Moloni (Senan Molony) suratlarni o`rganib, aynan yong`in sabab kema cho`kkan degan xulosaga kelgan. Yong`in layner safarga chiqishidan oldin boshlangan, uni bir necha hafta davomida o`chirishga harakat qilishgan. Jurnalist yong`in haqida kema egalari bilgani, ammo buni yo`lovchilardan yashirishganligini ma`lum qilgan. Kema qoplamasi ushbu joyda 1 000 °S haroratgacha qizib ketgan, “Titanik” aysberg bilan to`qnashganda po`lat bunga
...
Читать дальше »
|
«Agar biz bu qo‘shinni yenga olsk, hech qanday shon-shuhhratga ega bo‘lolmaymiz. Agar biz ulardan yengilsak, abadul-abad sharmandalik tamg‘asidan qutulolmaymiz!” Shiddatli jang oldidan buyuk sarkarda Iskandar Maqduniyning o‘z askarlariga qarata aytgan bu so‘zlari barchani o‘yga toldirgandi. Ha, shu paytgacha ne-ne qudratli lashkarni tutdek to‘kkan buyuk Iskandar armiyasi bu gal g‘alati sarosima ichida qolgandi. Axir, ularni ertangi jangda tish-tirnog‘igacha qurollangan baquvvat, qudratli yigitlar emas… ayollar armiyasi, boshqacha aytganda, “amazonkalar” armiyasi kutmoqda edi. Iskanlarning bu andishasi ham bejiz emasdi! Matriarxal davr in’ikosi …Amazonkalar mavzusi azaldan ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. Bu borada qadimgi dunyoning mutafakkkirlari Homer, Ovidiy, Vergiliylar ham o‘z mulohazalarini aytib o‘tishgan. Yunonistonning mashhur haykaltaroshlari ularning go‘zal va navqiron haykallarini ishlashgan. Amazonkalar mavzus
...
Читать дальше »
|
1 martdan chakana savdo va pulli xizmatlarni ko`rsatish sohasida aholidan plastik kartalar orqali to`lovlarni qabul qilish uchun hisob terminallari bilan ta`minlanmagan tadbirkorlik sub`ektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat olib borish taqiqlandi. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 15 fevraldagi pul bilan bog`liq munosabatlarni takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish to`g`risidagi qarorida bu haqda so`z boradi, deyaxabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Davlat soliq qo`mitasiga tijoriy banklar, Banklar assosiasiyasi va Yagona umumrespublika prosessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun ichida chakana savdo va pulli xizmat ko`rsatish ob`ektlarini terminallar mavjudligi bo`yicha inventarizasiyadan o`tkazish vazifasi topshirildi. Etishmayotgan terminallar qisqa muddatlarda etkazib berilishi, ro`yxatdan o`tkazilishi va uzluksiz elektr bilan ta`minlash uchun texnik vositalar bi
...
Читать дальше »
|
O`zbekiston pasporti 2017 yilda dunyoning eng kuchli pasportlari ro`yxatiga kirdi. Bu haqda ushbu ro`yxatni chop etgan Passport Index portali xabar berdi. Mazkur ro`yxatda pasportning kuchi uning egasi vizasiz chiqishi mumkin bo`lgan mamlakatlarning soniga qarab belgilangan. Ro`yxatda keltirilishicha, o`zbekistonliklar o`z pasportlari bilan 54 davlatga vizasiz chiqishlari mumkin. Ushbu ro`yxatda O`zbekiston 70-pog`onani egalladi. O`zbekiston bilan ushbu o`rinni Gvineya, Kot-d’Ivuar, Tojikiston bo`lishdi. Reytingning eng yuqori pog`onasidan Germaniya joy oldi, uning fuqarolari vizasiz 157 davlatga borishlari mumkin. Ikkinchi o`rinni Shvesiya va Singapur bo`lishdi. Ushbu pasport egalari vizasiz 156 ta mamlakatga tashrif buyurishlari mumkin. Ilk uchlikdan Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va AQSh ham joy oldi (155 davlat). Ro`yxatdagi eng so`nggi pog`ona Afg`onistonga nasib etdi. 23 t
...
Читать дальше »
|
|