Biz — ayollarning izquvarligimizga Sherlok Xolms ham havas qilsa arziydi. Rost-da, axir eshikdan kirib kelgan juftimizning xatti-harakatiga qarab, uning qanday kayfiyatda ekanligiyu maosh oldimi-yo`qmi, to`g`ri uyga kelayaptimi yoki onajonisining eshigidan ham mo`ralab qo`ydimi, xullas, hamma-hammasini bilib olamiz. Biroq qanchalik ziyrak bo`lmaylik, o`tayotgan hayotimiz kutilmagan «sovg`a»larga boy bo`lib, ba`zan nazoratni qo`ldan chiqaramiz. Xo`sh, shunday vaziyatga tushib qolmaslikning iloji bormi? Keling, shu haqda suhbatlashamiz.
SEVADI-SEVMAYDI?
Muhabbat borasida erkaklar ikki guruhga ajratilar ekan. Biri eshitish orqali, ikkinchisi ko`rish hissi bilan sevadiganlar.
Ko`rish hissiyoti ustunlik qilgan erkaklar chiroyli manzaralar, xushbichim liboslar va albatta, go`zal ayollarga shaydo bo`lishadi. «Ko`ramiz...», «Ko`zimga issiq ko`rindi...», «Menga qarab gapir...» kabi jumlalar bu toifad
...
Читать дальше »
|
— Hozirda ota-onam, akam va kelinoyim bilan birga yashayman. Akam uylangan zahoti kelinoyim bilan alohida uyda yashay boshlagandi. Farzandli bo`lib, ishi o`zgargani bois yana qaytib uyimizga ko`chib kelishdi. Lekin kelinoyim bilan hech chiqisha olmayapman. Bir necha marta undan nolib onamga aytganim uchun, o`rtaga biroz sovuqchilik ham tushdi. U ham menga ochilmaydi. Ikkalamiz bir xonada qolsak, deyarli gaplashmaymiz. Bo`lmasa, u bilan yoshimiz teng, muchalimiz ham bir. Lekin negadir qiziqishlarimiz, fe`limiz umuman to`g`ri kelmaydi. Albatta, u bilan til topishishni xohlayman, biroq qanday qilib, bilmayman... Bonu, 25 yosh, Qarshi shahri “Darakchi” gazetasiga kelgan mazkur maktub egasiga psixolog Go`zal Ro`zmatova javob beradi: — Kelinoyingiz bilan til topishishni istashingizni o`zi tahsinga loyiq. Garchi yoshingiz bir bo`lsa-da, qarashlaringiz orasida farq bo`lishi tabiiy. Chunki sizlarning mavqelaringiz har xil. Siz qiz bola, u esa kelin. Muhimi
...
Читать дальше »
|
— Mana uch yildirki, erimning xushtori borligidan aziyat chekaman. U kishi yoshgina kotiba qizni sevib qolganligini menga tap tortmay aytgan. Ammo chorasizman. Erim bilan ajrashay, desam ikkita bolam bor. Hech joyda o`qimaganman, qo`limda biror hunarim ham yo`q. U bilan ajrashgan taqdirimda ham o`zimni o`zim eplolmayman, qaytanga bolalarimning qiynalgani qoladi. Ota-onamga ham yuk bo`lgim kelmaydi. Dardimni aytadigan, maslahat beradigan kishim yo`q. Nima qilay, menga qanday maslahat berasiz? Salomat, 26 yosh, Toshkent shahri “Darakchi” gazetasi tahririyatiga kelgan mazkur xat egasiga psixolog Go`zal Ro`zmatova javob beradi: — Xat mazmunidan ko`rinib turibdiki, ayol og`ir ahvolda, ya`ni jabrlanuvchi pozisiyasida. Xiyonatning o`zi og`ir, buning ustiga eringiz xushtori borligini ochiqchasiga aytgani sizga va oilasiga bo`lgan hurmatsizligidir. Boz ustiga siz chorasizsiz, eringizga iqtisodiy qaramsiz. Bu o`zingizga bo`lgan bahoning pastligi hamdir. Bu
...
Читать дальше »
|
Ba’zida sizni ham g‘alati bir holat qiynaydimi: qachondir shu yerda bo‘lgansiz,hozir aytilayotgan gaplarniilgari ham eshitgansiz. Voqea bor bo‘yicha qaytatakrorlanayotganday, go‘yo. Bu fenomen fanda dejavyu deb ataladi. Dejavyu fenomenini yuzlab olimlar o‘rganganiga qaramay, uning yuzaga kelishi bo‘yicha hamon bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Xotiralar qorishuvimi? Nevrologlar dejavyu fenomeni miyaning ma’lumotlarni saqlashga javob beruvchi qismi — gippokamp faoliyatining buzilishi bilan aloqador ekanini ta’kidlaydi. Inson xotirasi shunday tuzilgan: u eslab qolayotgan hodisasini bir qancha ma’lumotlar bilan qorishiq holda xotiraga muhrlaydi. Masalan, o‘sha hodisa yuz berayotganda havo qanday bo‘lgani, kunning qaysi qismi ekani, tovush va ohanglar… Stress, aqliy zo‘riqish va hatto magnit bo‘ronlar sabab sog‘lom odam xotirasidagi ma’lumotlar chalkashib ketadi. Masalan, yaxlit holda saqlanayotgan axborotning bir qismi boshqa xotiralar bilan
...
Читать дальше »
|
Taniqli psixoterapevt M. Geri Nyuman erkak kishi qalbini zabt etishning ilmiy asoslangan usullarini sanab o`tdi. Albatta, mazkur usullar orqali istalgan erkakning qalbiga yo`l topish mumkin, deb kafolat bera olmaymiz, biroq mazkur usullar sizning imkoniyatlaringizni oshiradi. 1. Uning ko`zlariga qarab so`zlang Garvard universiteti psixologlarining hisoblab chiqishicha, sevishgan juftliklarning 75 foizi bir-birining ko`zlariga tik qarab so`zlashadi. Bu narsa ularning orasida yaqinlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shunday ekan sevgan odamingiz qarshisida asabiylashib, nigohingizni olib qochmay, unga tik qarab so`zlang. 2. Uni shaxs sifatida qabul qilib, barcha so`zlariga diqqat bilan quloq soling Nevada va Vashington universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, agar siz yaxshi tinglovchi bo`lsangiz, kimningdir sizni yoqtirib qolish imkoniyati yuqori bo`ladi. Odamlar kimdir uni diqqat bilan tin
...
Читать дальше »
|
Har qanday ayol erining toparmon-tutarmon, omadli va baxtli bo`lishini istaydi. Zero, oila, farzandlarning baxti, kelajagi va farovonligi shunga bevosita bog`liq. Agar istak bo`lsa, buni har bir ayol uddalashi mumkin. Ayol – oilaning qalbi. Erkak har qancha mustaqil bo`lmasin, ruhiy-ma`naviy jihatdan o`z ayoliga muhtoj bo`ladi. Shu sababli bizda yosh qizlarni oilaga tayyorlash, ularning ma`naviy xususiyatlarini tarbiyalashga katta e`tibor qaratilgan. Umuman olganda, insonni o`zgartirish qiyin. Ammo ayol istasa, turmush o`rtog`ini ulkan ishlarga ilhomlantirishi, unga madad va ishonch bag`ishlashi mumkin. Ammo qanday? Ayol hech qachon eri bilan ochiqdan-ochiq bahslashmasligi, ayniqsa unga «sizga ishonmayman» demasligi kerak. Ko`pchilik erkaklar oilasi uchun tunu kun mehnat qilishga tayyor. Ular ko`p hollarda pul uchun ham emas, ayollari ularni qadrlashi, intilishlarini e`tirof etishi uchun harakat qilishadi. Buni o`zlari tan olmasalar yoki anglamasalar ham, haqiqat sh
...
Читать дальше »
|
Ushbu mashqlar tushukunlikdan xalos bo`lishga va stress chaqiruvchi holatlarni xotirjamroq qabul qilishda yordam beradi. Eng asosiysi, doimiy xush kayfiyat va baxtiyorlik baјishlaydi. Buning uchun sizga atigi ikkita pufak (shar) va flomaster kerak bo`ladi. Birinchi navbatda stress holatiga sabab bo`luvchi kundalik omillar ro`yxatini tuzib chiqing: ish, shaxsiy hayotdagi muammolar, keksalik davrining yaqinlashayotgani haqidagi vahimali o`ylar, do`stlar bilan nizo. Tashvishlaringizni pufak sathiga birma-bir (eng oјriqlisidan boshlab) yozib chiqing. E`tiboringizni pufakda yozilgan eng muhim salbiy omilga qarating. Odatda unga qanday munosabatda bo`lasiz? Endi pufakni shishirib, puflayotganingizda barcha salbiy hissiyotlaringizni pufak ichiga jo qiling. Igna olib, uni teshing. Shunda salbiy hissiyotlaringiz bir soniyada uchib ketgandek bo`ladi. Keyin ikkinchi pufakni puflab shishiring. Tasavvuringizda uni ijobiy hissiyotlaringiz bilan to`ldirgandek bo`ling. Ijob
...
Читать дальше »
|
Bir guruh odamlar kulganida, har kim beixtiyor o`ziga yoqqan yoki yaqin olishni istagan kishisiga qaraydi. Agar asabiylashib turganingizda muhim vazifa topshirib qolishsa, saqich chaynang. Chunki inson miyasi taom tanovul qilish chog`ida tinchlanadi. Boshliq sizga baqirganida indamay turing. Bu bilan balki biror yutuqqa erisha olmassiz. Ammo bir muddat o`tgach u qilgan ishi uchun o`zini ayblay boshlaydi. Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmayaptimi? Unda savolingizni qayta-qayta so`rashga shoshilmang. Yaxshisi uning ko`ziga qarab, jim turavering. Shunda u suhbatni davom ettirishga majbur bo`ladi. Agar kun bo`yi turli mijozlar bilan ishlashingizga to`g`ri kelsa, stulingiz orqasiga ko`zgu qo`yib oling. Ishonavering, ko`pgina mijozlaringiz bundan ancha muloyim tortib qolishadi. Axir xech kim o`zining badjahl va asabiy aksini ko`rishni istamaydi-da. Agar majlisda sizni tanqid qilishlarini kutayotgan bo`lsangiz, imkon qadar tanqidchingizning yaqiniga
...
Читать дальше »
|
Har bir inson sevish va sevilishni istaydi. Ammo bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Xo`sh, muammo nimada? Yaqin insonlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilash va saqlab qolishning ruhshunoslar tomonidan tuzilgan qoidalari bu savolga javob berishda qo`l keladi. 1. Avvalo, ikkinchi yarmingiz munosabatlaringiz haqida qanday fikrda ekanini bilishingiz kerak. Axir o`zingizga nisbatan samimiy, ochiqko`ngil bo`lmagan insonga ko`ngil qo`yishni istamaysiz-ku?! 2. Bir-biringizga nisbatan o`zaro ishonch ortishi uchun hamisha to`g`riso`z bo`ling. Birgina yolg`on munosabatlardagi eng muhim jihat — ishonchni susaytirishi, keyinchalik turli gumonlarga sabab bo`lishi mumkin. 3. Juftingiz bilan bitta komanda bo`ling. Munosabatlaringiz uzoq davom etishi uchun bir maqsad sari intilishingiz kerak. 4. Sevgilingizni qaysidir jihatdagi kamchiliklari bilan birga, boricha qabul qilishni o`rganing. Er yuzida mukammal inson yo`q. Biz har xil bo`lganimiz uchu
...
Читать дальше »
|
— Qaynonam avvalboshdan o`qigan qizni kelin qilaman, deb og`iz ko`pirtirib yurarkan. Hatto, o`qimagan deya o`g`li ko`rsatgan nomzodlarning barini inkor etgan paytlari ham bo`lgan ekan. Shuning uchun ham o`g`lini o`zi istagan qizga, ya`ni menga uylantirdi. Yosh kelinligimda uy yumushlarini yaxshi uddalasam, «Barakalla, o`zimning kelinimsiz-da, o`zim tanlaganman sizni», degan so`zlarni eshitardim. Bu maqtovdan ko`nglim tog`dek ko`tarilib ketardi. To`ydan oldin esa bo`lajak turmush o`rtog`im «Men bir nochor qizga ko`maklashib turaman, turmush qurganimizdan keyin bu ishimga to`sqinlik qilmaysiz», deb shart qo`ygan. Men sodda hech narsani tushunmay rozi bo`laverganman. Mana, oradan bir necha yil o`tdi, qo`chqorday o`g`ilni dunyoga keltirdim, lekin turmush o`rtog`imning mehrini to`laligicha qozona olmadimmi, deb qo`rqaman. U kishi o`zi ishlaydigan tashkilotda farroshlik qiladigan bir qizga moddiy tomondan ko`maklashib turadi. Bor muammo shunda bo`lsa, hech so`z demasdim. Ammo menga nisbatan
...
Читать дальше »
|
1.Tabiatan yolg`onchi kishilar tushkunlikka tushganlarida ruhan tetik paytiga qaraganda rost gapirisharkan. Ammo hammasi iziga tushib ketgach, yana qulog`ingizga lag`mon ilishda davom etisharkan! 2.Doimo yolg`on gapiruvchilar Myunxauzen sindoromiga yo`liqqan bo`lishadi. Nimayam derdik, dardingizga davo bersin! 3.«Men hech qachon hech kimni aldamaganman» degan rostgo`y o`rtacha oltmish yoshigacha kamida 88 marta yolg`on gapirgan bo`ladi. Bunisi 89-si-da! O`rtacha 44% vaziyatlarda kishi aldaganini tan olarkan. 4. Kuniga 81% kishi bezarar yolg`on ishlatarkan. «Siz bo`lmasangiz, nima qilardim-a? Yaxshiyam borsiz!» degan maqtovlar shular jumlasidan-da! 5.Insonlar 44%i to`qima voqealarni judayam qiziqib tinglasharkan. «Alda meni, aldagani o`zim yaxshi» deganlari shu bo`lsa kerak?! 6.Kimnidir xafa qilishni istamagani uchun rostini aytmaydiganlar 65%ni tashkil qilarkan. Kam bo`lmanglar-ey! 7.Eng ommabop
...
Читать дальше »
|
|