Ҳар бир бола ўзича бир олам! Тўғрими? Бир қориндан талашиб тушган дилбандларингизга алоҳида муносабат қилишга тўғри келади. Нега? Бунда «юлдуз»ларнинг қўли бормикан? Келинг, фарзандингиз қайси бурж остида туғилганига қараб, феъл-атворини аниқлаймиз! Чаққон «ҳамал» (21.03-20.04) «ҳамал» болакайлар бошқаларга қараганда тезроқ юришади ва гапиришади. Шунинг учун уларни бошқариш бироз қийин. Қайсаргина, қизиқувчан ва жиззаки бўлишади-да. Айниқса, оналарга сабр ва сабот ҳамроҳ бўлиши керак. Доим эътибор исташгани сабаб сал нарсага уввос солиб йиғлашади. У ота-онаси ҳаётида биринчи рақамли шахс ўзи эканлигини исботлашга уринади. Фарзандингизни доим нима биландир банд қилинг. Ғайратлари тўлиб-тошганидан бир дақиқа ҳам тинч ўтирмай, бир муаммони бошлаб қолишмасин тағин. Эркатой «Савр» (21.04-20.05) Болажонингиз шу бурж остида туғилганми, сизни табриклаймиз! Ахир у жуда босиқ, гапга кирувчи-да. Пишиқ, кучли, меҳрибон в
...
Читать дальше »
|
SIZNING JUFTINGIZ QAYSI MUCHAL SOHIBI YOKI SOHIBASI BO'LISHI KERAKLIGI HAQIDA MALUMOT BERIB UTAMIZ, MARHAMAT USHBU SURATDA O'Z JUFTINGIZNI MUCHALINI BILIB OLING:
|
To'ng'iz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TO`NG`IZ YILI Bu muchalda tug'ilganlarni mardonovor fe'l-atvori, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni tanlashadi. Ular vijdonli va mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz yilida tug'ilganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablag'ni topa olishadi. Ammo beg'amliklari tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular beg'am ko'rinsalar-da, aslida irodali va o'jardirlar. O'ylagan niyatlatiga erishish uchun bor kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning "yaxshi va yomon" tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi. Haqiqatda esa bunday emas, ular o'z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, goh
...
Читать дальше »
|
It 1922 1934 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 IT YILI Ushbu yilda tug'ilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq va sofdilligi,sir saqlay olishi bilan o'zlariga nisbatan ishonch uyg'otishadi. Bundan tashqari ular hazil-mutoyiba tuyg'usiga ega, mayda gaplardan uzoq. Haddan tashqari o'jar va tez-tez surbetlik darajasigacha birishadi. Ularning sovuq gaplar bilan fikr bildirishga, o'rinli va o'rinsiz tanqid qilishga, hamma narsadan kamchilik topishi sezilib turadi. Har qanday nohaqlik ularda norozilik uyg'otadi va to uni bartaraf etmaguncha tinchishmaydi. Boshqalar uchun qo'llaridan kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofidagi kishilar ularni munosib ravishda hurmat qilishadi. Ular faqirlikda yashaydilarmi, farovon hayot kechirishadilarmi, bundan qat'iy nazar, aqlga qarab ish tutadilar. Moddiy jihatdan to'kin yashamasalar ham qanoatlidirlar. Biroq ularga pul zarur bo'lib qolsa, uni osongina topisha oladi. Odatda, ulardan ajoyib rahbarlar va faol jamoat arboblari yetishib chi
...
Читать дальше »
|
Xo'roz (tovuq) 1921 1933 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017 XO`ROZ (TOVUQ) YILI Bu yilda tug`ilgan odamlarga jur'at, dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o`z ishlariga jon dillari bilan berilishadi. Qurbilari yetmasa ham, har qanday majburiyatni bajarishga kirishadi. Mabodo muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, dillari judayam siyox bo`ladi. Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost gapiradilar. Bu esa, ko`pincha, ularning haddan tashqari to`g`ri so`zligidan o`zini chetga tortuvchilar bilan to'qnashuvga olib boradi.Savlat to'kib yurishni yaxshi ko'rishadi,yon-atrofdagilar e'tibor berishi uchun did bilan kiyinadilar. Ammo, aslini olganda, ular o'zlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaassibdirlar. Odatda, o'zlarini mutlaqo laqma, deb o'ylshadi, ayni paytda qilayotgan ishlarinining mohiyatini yaxshi bilishadi. O'zlariga bino qo'yishlarining sababi ham shunda. Haqiqatdan xam, ko'pincha haq bo'lib chiqishadi. Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarda ular
...
Читать дальше »
|
Maymun 1920 1932 1944 1956 1968 1980 1992 2004 2016 MAYMUN YILI Bu muchalda tug'ilganlar ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,ishonchga sazovor bo'lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor bo`lib muomala qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bog`lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o`z manfaatini o`ylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli bo`lb, boshqalar to`g`risidagi yurakni ezadigan fikr-mulohazalarini soxta xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular o`z faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soha yo`q. Bo`layotgan voqealardan hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli bo`lib, ko`rgan yoki eshtgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma bo`lib, hamma ishni shu zahotiyoq ama
...
Читать дальше »
|
Qo'y 1919 1931 1943 1955 1967 1979 1991 2003 2015 QO'Y YILI Ushbu yilda tug'ilganlar nafis san'at sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi, o'zini tutishi oqilona, shunday bo'lsa-da tabiatan injiq, xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojo'y bo'lib, turli xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham ko'rmoqchi bo'lgan narsalari o'zlariga tegishli bo'lmaydi. Ularda xususiy mol-mulkka hech qanday havas yo'q. Hayot kechirishlari ko'pincha omadlariga bog'liq bo'ladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko'rsatishni yomon ko'rishadi. Ularda did va iste'dod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o'zida texnik va artistlik mahorati qo'shib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini qiynal
...
Читать дальше »
|
Ot 1918 1930 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014 OT YILI Bu muchalda tug'ilganlar dongdor, mo'tabar, xushfe'l va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig'inlarni yoqtirishadi. Ko'p gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Ko'pincha yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi bo'lib yetishadi. Hamma sohada ishlari yurishadi, ko'zga tashlanib turishadi, boshqalar fikrini tez uqib olishadi. Tabiatan mustaqil fe'l-atvorga ega bo'lib, maslahatlarga quloq solishmaydi. O'zlariga ishonishadi, qadrlarini bilishadi. Shu yilda tug'ilgan erkaklar ayollarga befarq bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unutishadi. Xizmat vazifalarini ado etganda, boshqa hamma sohada bor kuch va ehtiroslarini kuchga solishga harakat qilishadi. Ishq-muhabbat yo'lida hamma narsadan voz kechishlari mumkin. Shu bois boshlab qo'ygan ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar bularni yengsa baxtli bo'lushi mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida bo'lishadi. Ular ko'zda
...
Читать дальше »
|
Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 ILON YILI Ushbu muchalda tug'ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Ko'p va xo'p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishni qat'iyat bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon ko'rishadi. Tabiatan xotirjam bo'lsalar ham, ishning ko'zini bilib, tez xulosa chiqarishadi. Juda ham omadli kishilardir, lekin ko'pincha ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq bo'lishadi. Qarz berishni yomon ko'rishadi. Ammo hushlariga kelib qolsa, yordam berishdan bo'yin tovlamaydigan paytlari ham bo'lib turadi. Bo'rttirishga moyillik ularga xos xusisiyat, maboda birovga yordam berguday bo'lishsa, jonlarini berishga ham tayyor, ayni paytda tortinchoq bo'lib qolishadi, natijada zarar ko'rishi mumkin. Bunday odamlardan yordam so'rashdan oldin o'ylab ko'rish kerak. Aks holda, pushaymon bo'lasiz. Yostiqdoshlarini o'zlari tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar. Agar ular o'zlarining eng yaxshi xis-tuyg'ularini oilasi
...
Читать дальше »
|
Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 A J D A R H O (BALIQ) Y I L I Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimi
...
Читать дальше »
|
Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi” va "yomon” tomonlarini jamlab ko`rmaguncha,
...
Читать дальше »
|
Yo'lbars 1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 YO'LBARS YILI. Bu muchalda tug'ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib- intizomga rioya qilmaydigan kishlardir. Ular katta yoshdagilar yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o'zlarining haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar. Ulardan ko'pincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, ko'pincha, yaxshi o'ylab ko'rmasdan qaror qabul qilishadi yoki to'g'ri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o`ylab ko'rish va dono maslahatlarga quloq solishni uddasidan chiqa olishsa, katta-katta muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo`rs va jizzaki bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli jinoyatchi ham bo`lishi mumkin, chunki tavakkalch
...
Читать дальше »
|
Xo'kiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 HO'KIZ (SIGIR) YILI. Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq- chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin bo'lib, o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er- xotinlar xushmuomila, sadoqatli,
...
Читать дальше »
|
Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor, boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am-tashvishlarini tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa- oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.
|
Munajjimlarning fikricha, burjimiz nafaqat fe`l-atvorimizga, balki kiyinish uslubimizga ham ta`sir ko`rsatadi. Qanday kiyinamiz, qancha pul sarf qilamiz – hammasi oldindan ma`lum. 1. Hamal. Mazkur burj ostida tug`ilganlar moda olamida etakchidirlar. Ularning fe`l atvorini Koko Shanelning «Urf bu hech qachon eskirmaydigan buyumdir» shiori bilan ifodalasa bo`ladi. Bu ayollar xarid jarayonida chinakamiga zavqlanishadi. Ular odatda eksklyuziv va oson uyg`unlashdigan kiyimlarni tanlaydilar. Shuningdek qomatlariga urg`u berib turuvchi liboslar, leggins va kamarlar ham ularning jonu dili. Hamal burjidagi erkaklar esa sifatli, oddiy va aktual kiyimlarni xush ko`radilar. 2. Savr Buzoq burjida tug`ilgan sanamlarda liboslar bilan odamlar e`tiborini jalb qilish qobiliyati bor. Ular qomatlaridagi kamchiliklarni osonlik bilan yashira olishadi. Qulay va qimmat kiyim tanlash barobarida hech ikkilanmasdan yorqin rangdagi ajoyib bichimdagi ko`ylaklarga
...
Читать дальше »
|
Astroparhez — astrologiyaning bo`limlaridan biri bo`lib, burjingizga qarab parhez tutishni o`rgatadi. Sizning qaysi oyda tug`ilganingizga qarab fe`l-atvoringiz, psixologik ahvolingiz aniqlanadi va shunga moslab parhez tuziladi. 1. Xoleriklar — hamal, asad, qavs Ta`sirchan va shiddat bilan harakatlanuvchi ushbu toifa vakillari kunlik rasioniga yashil va sariq rangdagi mevalarni, boshoqli o`simliklarni, dukkakli o`simliklarni kiritishlari kerak. Sabzavotlardan esa bodring, salat bargi, shivitni ko`proq iste`mol qiling. Shuningdek, suyuq ovqatlar, bo`tqalar eyishga odatlaning. Yog`li go`shtlardan, har qanday turdagi hayvon yog`laridan voz keching. Achchiq ziravorlar, nordon mevalar, sho`r mahsulotlardan o`zingizni tiying. 2. Sangviniklar — javzo, mezon, dalv Serg`ayrat va dilkash insonlar ovqatlanish jarayonida 2-3 xildan ortiq mahsulot turlarini qabul qilmaganlari ma`qul. Ular uchun bir xil turdagi mahsulotlardan iste`mol qilish foydali
...
Читать дальше »
|
Qo‘y (21. 03-20. 04) 13 noyabr kuni mablag‘ sarflashni talab qiluvchi ishlarni bir-bir yodga olib, ularni tezroq bitirish payida bo‘lasiz. Ammo bu puldan qiynalib qolasiz degani emas. Kunning ikkinchi yarmida albatta o‘zingiz kutgan daromad kelib qo‘lingizga tushadi. Faqat sanashga erinmasangiz bas. Tadbirkorlar ham kelgusida hayotga tadbiq etiladigan yangi loyihalar ustida ishlasalar ham ziyon qilmaydi. Buzoq (21. 04-21. 05) 13 noyabr erta tongda ilgarigidan ikki hissa ko‘proq faollikni qalban his etgan holda uyg‘onasiz. Bundan nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilar ham hayron qolishadi. Buzoq burji vakillari bugun o‘qish-o‘rganish, ilm bilan bog‘liq ishlarga qo‘l urishsa, muvaffaqiyatli kechadi. Ammo kayfiyat kunning ikkinchi yarmida pand berishi mumkin. Bu holat kechqurun oila davrasiga qaytganingizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Egizaklar (22. 05-21. 06) 13 noyabr kun bo‘yi begonalar nazaridan saqlaning. Sizdagi qobiliyatga,
...
Читать дальше »
|
Ma`lum bir burjdagi ayollar pullarini ko`proq nimalarga sarflashar ekanlar? Quyida shu haqda bilib olishingiz mumkin. Qo`y. Pullarini albatta biron zamonaviy narsaga ishlatardi. Buzoq va Tarozi. Chiroyli narsalarga (bu narsaning urfda ekanligi muhim emas, asosiysi, bu ularning nazarida estetik zavq berishi kerak), u xoh kiyim bo`lsin, xoh san`at asari. Egizaklar. Kitobga. Qisqichbaqa. Uy-ro`zg`orga anjomlariga. Arslon. Hashamatli buyumlarga (atrofdagilar bunga e`tibor qaratishlari lozim). Sunbula. Aniq zarur buyumlarga: kastryul, dazmol, parda kabi. Chayon. Ekzotik narsalarga. Yoy. Sayohatga. Tog` echkisi. Katta, zarur buyumlarga: kir yuvish mashinasi, musiqa marakazi yo bo`lmasam muzlatkich. Qovg`a. Moddiy bo`lmagan narsalarga: xayriya, turli o`quv kurslari. Baliq. Folbin-u qushnochlarga ko`p pul sarflashi mumkin. Shuningdek, vanna uchun lozim
...
Читать дальше »
|
Har bir burj belgisi o`zini nikohda yoki oddiygina shaxsiyhayotda mutlaqo turlicha namoyon qiladi. Quyida keltirilgan munajjimlar bashorati qaysi burj vakillari er yoki xotin bo`lishi haqida aytib beradi. Qo`y (21 mart - 20 aprel) Xotin: Osongina sevib qoladi, lekin tez sovuydi. Shunga qaramasdan chin yurakdan sevib qolsa, umrining oxirigacha shunday qoladi. Mavqetalab, erini muvaffaqiyatga da`vat etadi. Uning bilan munosabatda ehtiyot bo`lish zarur. Er: Faqat 30 yoshdan keyin donolik kasb etadi, bunda jozibali va saranjom-sarishtali bo`ladi. Shu bilan birga u xotinini boshiga ko`taradi, kamdan-kam uni tanqid qiladi. Ammo ko`pincha unga qat`iyat etishmaydi. Buzoq (21 aprel - 21 may) Xotin: Uning xarakteri engil, shu bilan birga u juda amaliyotchan. Eriga o`zining yaxshi bekalik sifatlarini ko`rsatadi, G`amxo`rlik, uy xotirjamligini ta`minlaydi. Ammo evaziga moddiy va ma`
...
Читать дальше »
|
Ayol — orzular olamida sayr qilishni xush ko`radi. Romantik, kuchli temperament egasi hamda ovchi tabiatidagi erkaklari yoqtiradi. Kuchli erkak qarshisida o`zining butun jozibasini oshkor qiladi. Yangiliklarni tatbiq qilishdan cho`chimaydi.
Erkak — tinimsiz harakatda. Ayol bu erkak bilan kechgan lazzat onlarini uzoq vaqt unutolmaydi. Yaxshi suhbatdosh, biroq haqiqiy hislarini kamdan-kam ayollarga ishonadi. Saraton va hut bilan yaxshi juftlik hosil qiladi. Sunbula, Dalv va Aqrab bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Tavsiflarni o`qib, «Biz bir-birimizga mos emaskanmiz» degan fikr kelmadimi xayolingizga? Hukm o`qishga shoshmang! Maqola hukm emas, xulosa qilishingiz uchun yozilgan. Taqdir peshanangizga bitgan juftingiz bilan muhabbatli onlarni baxtdan sarxush o`tkazishingizni tilab qolamiz…
|
|