Zarur masalliqlar (4 kishilik): 600 gr. qatlama xamir, 500 gr. tvorog, 150 ml. yog`li qaymoq, 3 bog`dan ismaloq va yalpiz, 1 bog` petrushka, yarim bog` shivit, 3 dona tuxum, tuz, murch, maydalangan yong`oq.
Tayyorlanishi: 1. Barcha ko`katlarni maydalab to`g`rang.
2. Tvorogni elakdan o`tkazib, maydalangan ko`katlar bilan aralashtiring.
3. Qatlama xamirni aylana shakldagi qolipga solib, chetlarini ko`tarib chiqing. O`rtasiga ko`katli tvorogni joylang.
4. Tuxumni qaymoq bilan ko`pirtiring. Tuz, murch va maydalangan yong`oqni qo`shib, ko`katli tvorog ustidan soling.
5. Pirogni 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Pishgach, 10 daqiqa gaz pechida qoldiring.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat. Manba:Darakchi.uz
|
Zarur masalliqlar: 250 g sariyog`, 3,5 st un, 1 st suyuq qaymoq, 20 g achitqi, 0,5 l sut, 100 g shokolad, 3 ta tuxum sarig`i, 150 g shakar, bir chimdim tuz. Tayyorlanishi: 1. Achitqini suyuq qaymoq bilan aralashtirasiz. Unga sariyog` va bir chimdim tuz solib, qo`lga yopishmaydigan xamir qorasiz va elim xaltaga o`rab yarim soatga muzlatgichga qo`yasiz. 2. Kremini tayyorlash uchun shokoladlarni bo`laklarga bo`lib olasiz. Sutni past olovda isitib shokolad bilan aralashtirasiz. 3. Shakarni tuxum sarig`i bilan ko`pirtirib unga un solasiz. Agar sal quyuqlashgan bo`lsa biroz sut qo`shib yuborishingiz mumkin. Asta-sekinlik bilan kavlab turgan holda shokoladli aralashmaga solasiz. So`ng quyuqlashgunga qadar aralashtirib turishingiz lozim. Va sovitish uchun salqin joyga olib qo`ying. 4. Xamirni ikki bo`lakka bo`lib oling. Maxsus qog`ozni qolipiga moslab kesib olib o`shani ustida un sepib 2-3 mm qalinlikda xamir yoyiladi. Ortiqchasini kesib tash
...
Читать дальше »
|
1. Biskvit yaxshi ko`tarilishi tuxumning oqi solingan idishni sovuq suv solingan kattaroq idishga solib ko`piring. Sarig`i esa iliq suv solingan idishda aralashtiring. 2. Yana bir muhim qoida! Tuxumlarni zinhor alyumin idishda ko`pirtirmang, bunda xamirning rangi o`zgarishi mumkin. Agar uni barcha qoidalarga rioya qilgan holda tayyorlasangiz, xamiryumshatgich qo`shmasangiz ham bo`ladi. 3. Biskvit xamirini qolipga solayotganingizda, idish to`lib ketmasligiga, yarmidan sal oshishiga ahamiyat bering. Xamir ko`tarilganda toshib ketmasin. 4. Gaz pechini 180-200 gr. da qizdiring, undan past olovda hamir bo`kib qoladi, balandida esa tagi kuyib, ichi pishmay qolishi mumkin. 5. Yog`och tayoqcha yordamida uning pishgan, pishmaganligini aniqlash mumkin. Buning uchun tayoqchani korjga tiqib ko`rasiz. Agar tayoqcha quruq chiqsa, demak biskvit tayyor. 6. Biskvit pishganidan so`ng soviguncha qolipdan ola ko`rmang. Qolip atrofini nam soc
...
Читать дальше »
|
Kechki mehmon uchun munosib tuhfa!
Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. smetana, 200 ml. quyultirilgan sut, 2 stakan un, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; kremiga: 200 ml. quyultirilgan sut, 200 gr. sariyog`, yong`oq.
Tayyorlanishi: 1. Tuxumni smetana bilan yaxshilab aralashtirib, quyultirilgan sutni solib, un va iste`mol sodasi qo`shing.
2. Xamirni ikki qismga ajratib, bittasiga kakao qo`shing. Va yog`langan qolipga solib, 210 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying.
3. Korjlar pishgach, har birini eniga o`rtasidan ikki bo`lakka bo`ling.
4. Xona haroratida eritilgan sariyog`ni quyultirilgan sut bilan yaxshilab ko`pirtiring. Korjlar o`rtasiga kremdan surtib, ularni bir-biriga yopishtiring (1 ta oq, 1 ta qora rangli korj tartibida). Qolgan kremni tort yuziga surtib, maydalangan yong`oq seping.
8 kishilik.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
|
|