Zarur masalliqlar: 2 ta baqlajon (500 gr.), 100 ml. smetana, 40 gr. sariyog`, 2 osh qoshiq un, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, shivit, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Baqlajonlarni 5–7 mm. qalinlikda aylana shaklda to`g`rab, to`rt bo`lakka bo`ling.
2. Qaynatilgan tuzli suvga baqlajonlarni solib, 3 daqiqalar qaynatib oling. Yaxshilab suvini silqitgach, sochiqchalar bilan quritishni ham unutmang.
3. Baqlajon bo`laklariga un sepib aralashtiring-da, qizdirilgan o`simlik yog`ida baland olovda 5–7 daqiqa qovuring.
4. Shivit va sarimsoqpiyozni maydalab aralashtiring. Tuz, murch qo`shing.
5. Olovni pastlab, qovurilgan baqlajonga ko`katlar va smetanani qo`shing. Past olovda 10–15 daqiqa dimlang.
2 kishilik
35 daqiqa Manba: Darakchi.uz
|
Zarur masalliqlar: 800 gr. qaynatilgan mol go`shti, 80 gr. qattiq pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiqdan smetana va soya sousi, go`sht uchun ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatib pishirilgan mol go`shtini 7–8 mm. qalinlikda o`rtacha kattalikda to`g`rang.
2. Tuxumlarni chaqib, soya sousi, smetana va ziravorlarni qo`shing.
3. Toblama qolipga avval suyuq aralashmadan soling, ustidan bir qator qilib go`sht bo`laklarini joylang. Yana shu tartibni takrorlagach, 30 daqiqa muzlatkichda qoldiring.
4. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, yarmini go`sht ustiga seping-da, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`ying. Keyin qolgan pishloqni sepib, yana 15 daqiqa gaz pechida qoldirasiz.
2 soat
4 kishilik Manba: Darakchi.uz
|
Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go`shti (suyaksiz qismi), 2 ta bulg`or qalampiri, 1 bosh piyoz, 4 osh qoshiq konservalangan yashil no`xat, petrushka, shivit, zaytun yog`i, 1 choy qoshiq balzamli sirka, qalampir, qora murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikda to`rtburchak qilib to`g`rab, tuz, murch seping. Qizdirilgan zaytun yog`ida 5–7 daqiqa qovuring.
2. Piyoz va bulg`or qalampirini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang-da, qovurilgan tovuq go`shti va yashil no`xat bilan aralashtiring.
3. Endi salatga maydalangan ko`katlarni solib, sirka va 2 choy qoshiq zaytun yog`ini quying. Yaxshilab aralashtirgach, dasturxonga tortishingiz mumkin.
30 daqiqa
6 kishilik Manba: Darakchi.uz
|
Zarur masalliqlar: 300 gr. qaynatilgan mol go`shti, yarim bog` barra sarimsoqpiyoz, bittadan bodring va pomidor, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiqdan zaytun yog`i va soya sousi, shakar.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan mol go`shti, bodring va pomidorni somoncha shaklida yupqalab to`g`rang.
2. Piyozni yarim µalqa shaklida to`g`rab, 1 osh qoshiq soya sousi bilan birga ozgina shakar soling.
3. Sarimsoqpiyozni ham to`g`rab, barcha masalliqlarni aralashtiring-da, qolgan soya sousi va zaytun yog`ini qo`shing. 10 daqiqadan so`ng tuzini ko`ring.
4 kishilik
20 daqiqa
|
Zarur masalliqlar: 200 gr. dudlangan yoki qaynatilgan go`sht, 2 donadan bodring va pomidor, 2 bosh piyoz, salat bargi, tuz, murch; marinad uchun: 15 osh qoshiq suv, 8 osh qoshiq sirka, 3 osh qoshiq shakar; qayla uchun: 5 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 osh qoshiq sirka, 1 osh qoshiq xantal.
Tayyorlanishi: 1. Piyozni somoncha shaklida to`g`rang. Sirka, suv va shakarni to shakar eriguncha yaxshilab aralashtiring. Piyozni aralashmaga solib, 30 daqiqaga marinadlab qo`ying.
2. Bodring va dudlangan yoki qaynatilgan go`shtni somoncha, pomidorni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang.
3. O`simlik yog`i, sirka va xantalni aralashtiring.
4. Salat bargini qo`lingiz bilan bo`lib, chuqurroq idishga soling. Piyozning suvini silqitib, sabzavotlar va go`sht bilan birga soling. Tuz, murch seping. Qaylani quyib, yaxshilab aralashtiring.
2 kishilik
45 daqiqa. Manba: Darakchi.uz
|
Hatto, tushlikning o`rnini bosadi!
Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, yarim stakan qaynatilgan qizil loviya, 4 ta tuzlangan bodring, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, 1 bosh qizil piyoz, bitta sabzi, ko`kpiyoz, petrushka, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang.
2. Qizil bulg`or qalampiri, piyoz, tuzlangan bodring va qaynatilgan tuxumni ham to`rtburchak shaklda maydalab to`g`raysiz.
3. Sabzini qirg`ichdan o`tkazib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.
4. Barcha to`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, qaynatilgan yoki konservalangan qizil loviya va sabzini qo`shing.
5. Ko`katlarni maydalab, salatga soling-da, tuz va mayonez qo`shing. Aralashtirsangiz, salat tayyor.
25 daqiqa
6 kishilik
|
Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 2 ta bulg`or qalampiri, 1 donadan sabzi va pomidor, 4 ta salat bargi, bitta achchiq qalampir, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 bo`lak karam, kinza, 3 osh qoshiq soya sousi, 2 osh qoshiqdan kunjut va o`simlik yog`i, limon sharbati, 1 choy qoshiqdan quruq zanjabil va achchiq sous, oq kunjut va shakar. Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini uzunchoq shaklda o`rtacha bo`laklarga bo`ling. Soya va achchiq sous, kunjut yog`i, limon sharbati, shakarni solib aralashtiring-da, 15-30 daqiqa marinadlab qo`ying. 2. Sabzini yupqalab somoncha shaklida, sarimsoqpiyozni maydalab, qolgan sabzavotlarni o`rtacha kattalikda to`g`rang. 3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida tovuq go`shtiga ozgina tuz sepib qovuring. So`ngra ezilgan zanjabilni soling. 4. Piyoz va sarimsoqpiyozni qovurilayotgan tovuq go`shtiga qo`shib, o`rtacha olovda 2 daqiqa qovuring. Endi bulg`or qalampirini qo`shib, yana 1 daqiqa qovuring.
...
Читать дальше »
|
Zarur masalliqlar: 100 grammdan tayyor qovurilgan kartoshka (aylana shaklda bo`lishi kerak), pishloq, konservalangan makkajo`xori va krab tayyoqchasi, shivit, mayonez.
Tayyorlanishi: 1. Pishloqni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing. Shivit va krab tayyoqchasini maydalab to`g`rang.
2. Konservalangan makkajo`xorini suvidan ajratib, krab tayoqchasi, pishloq va shivit bilan aralashtiring. Mayonez qo`shgach, biroz muddatga muzlatkichga qo`ying.
3. Krab tayoqchali aralashmani qovurilgan kartoshka donalari ichiga solib, dasturxonga torting.
10 daqiqa
4 kishilik
|
Zarur masalliqlar: 80-100 gr. dudlangan baliq go`shti, bir bog` salat bargi, bir bog` yashil loviya ko`kati, 5-6 ta mayda pomidor, 4 osh qoshiq quritilgan qovoq danagi. Sous uchun: yarim osh qoshiq xantal (gorchisa) aralashmasi, 1 osh qoshiq soya sousi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 3 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz, murch. Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini yupqa parrak shaklida to`g`rang. Yashil loviyani 10-15 daqiqa tuzli suvda qaynating. 2. Pomidorlarni to`rtga bo`lib, kesing. Salat bargini esa uzunasiga to`g`rang. 3. Sous uchun xantal, soya sousi, limon sharbati va zaytun yog`ini aralashtirib, ta`bga ko`ra, tuz va murch qo`shing. 4. Salat idishiga to`g`ralgan baliq go`shti, pomidor, salat bargi va katta bo`laklarda kesilgan yashil loviya solib, engil aralashtiring. Ustidan tayyor sousni quyib, yana bir marotaba aralashtiring-da, 15 daqiqaga qoldiring. Salatni dasturxonga tortishda ustini qovoq danagi bilan bezating. Tayyo
...
Читать дальше »
|
Zarur masalliqlar: 200 gr. tovuq go`shti, 150 grammdan pishloq va yong`oq mag`zi, 2 dona olma, 1 bosh piyoz, mayonez, 1 choy qoshiq 9 foizli sirka, yarim choy qoshiqdan tuz va shakar, ko`katlar. Tayyorlanishi: 1. Piyozni to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. 150 ml. suvga sirka va shakarni solib, piyozni 20-30 daqiqa marinadlab qo`ying. 2. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. Qaynatilgan tovuq go`shtini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Qaynatilgan tuxum sarig`i va oqini mayda tishli qirg`ichdan alohida-alohida o`tkazing. Olmani ham qirg`ichdan o`tkazishni unutmang. 3. Masalliqlarni ushbu tartibda joylashtirasiz: tuxum oqi+mayonez+tovuq go`shti+mayonez+piyoz+olma+pishloq+mayonez+tuxum sarig`i va mayonez aralashmasi. 4. Endi yong`oq mag`zini salat ustiga xuddi toshbaqa toshidek joylashtirasiz. Tuxum oqidan «bosh» va «oyoq»larini yasab, ko`katlar bilan bezating. 1-2 soat oldin muzlatkichda turganidan so`ng dasturxonga torting.
...
Читать дальше »
|
|