Neyrobiolog Tara Svart nima uchun yosh o‘tgan sari aql teranligini yo‘qotib borishimiz va bu jarayonni qanday qilib ortga surish mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi.

Vaqt o‘tishi bilan miyada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Qarish jarayoni miyaga o‘zining to‘xtatib bo‘lmas ta’sirini ko‘rsatadi va bizning qo‘limizdan hech ish kelmaydi, degan fikrda bo‘lsangiz ajab emas. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri. Ha, siz vaqtni orqaga qaytarib o‘z zakovatingiz va bilimingiz darajasini yuksaltira olmaysiz. Ammo katta yoshdagi aql teranligida insonning hayot tarzi ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatmay qolmaydi. Va siz harakatni qaysi yoshda — 30 yoki 50 — boshlashingiz muhim emas.

Vaqt o‘tishi bilan miyada toksinlar yig‘ila boradi — tau-oqsillari va beta-amiloid yog‘ qatlamlari. Ularning paydo bo‘lishi qarishning ilk bosqichlari va kognitiv (his qilish) funksiyalar susayishi bilan bog‘liqdir. Bu tabiiy jarayon hisoblansa-da, ko‘plab omillar vaziyatni kuchaytiradi va jadallashtiradi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


Odam salomatligi uchun eng zararli goʻsht — yaroqlilik muddati kattarogʻi, deydi ratsional ovqatlanish boʻyicha mutaxassis, shifokor-fizioterapevt Marina Vaulina “VM”ga bergan intervyusida.

Uning soʻzlariga koʻra, isteʼmolchilar, xususan, import qilinuvchi goʻshtlarning “elita” navlaridan hushyor boʻlishlari lozim.

— Yaroqlilik muddati qancha katta boʻlsa, ishlab chiqaruvchi mamlakat shuncha uzoqda joylashgan, transportda tashish uchun oʻshancha koʻp vaqt ketgan, mahsulotga shuncha koʻp keraksiz kimyoviy moddalar — konservantlar qoʻshilgan boʻladi. Gap shundaki, bunday mahsulot bir necha marotaba muzlatiladi va eritiladi. Buning tanaga hech qanday foydasi yoʻq, — deya taʼkidlaydi u.

Shifokorlarning aytishicha, “delikates”ni yesa boʻladi, faqat meʼyorni unutmaslik kerak. Shuningdek, u goʻshtni koʻp qovurmaslikni, haddan tashqari koʻp yogʻ, tuz va ziravorlar qoʻshmaslikni hamda erigach muzlatkichda uzoq saqlamaslikni maslahat beradi.

Va ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


Aksariyat aviakompaniyalar chipta xaridida bepul joy tanlashni taklif etishadi. Biroq parvoz qulayroq bo‘lishi uchun mutaxassis va sayohatchilarning tajribasini o‘rganib chiqish lozim, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.

Favqulodda chiqish eshigi yonidagi o‘rin
Styuardessalar u yerga ayollar, bolalar va keksalarning o‘tirishini tavsiya qilmaydi. O‘zi ko‘pchilik bu joyni yaxshi deb o‘ylaydi. Chunki oldida oyoqlarni uzatish uchun bo‘sh joy bor. Ammo bu joydagi o‘rindiqning suyanchig‘i orqaga yotmaydi. Uning oldida o‘tirgan yo‘lovchi esa bunday imkoniyatga ega. Shunday ekan, favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirib qolgan odamning qulay parvoz qilish ehtimoli juda kam.

Oxirgi qatordagi o‘rindiqlar
Odatda oxirgi qatordagi o‘rindiqlarning suyanchig‘i ham orqaga yotmaydi. Chunki buning uchun orqada yetarlicha joy yo‘q. Aksincha, old tarafingizda o‘tirgan yo‘lovchilar sizga xalaqit berishadi. Ustiga-ustak, parvoz vaqtida hojatxonaga navbatda turgan odamlar no ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


Siz har kuni ishga borasiz va o‘z vazifangizni vijdonan to‘liq ado etasiz, ammo maoshingiz ko‘tarilmaydi, mansab pillapoyalaridan ildamlash ham negadir ortga surilmoqda. Balki hamma gap kognitiv tuzoqlardadir — mulohaza yuritishdagi vaziyatni adekvat baholashga va ishonchli qarorlar qabul qilishga xalaqit beruvchi xatoliklar. Aynan qaysi yanglishliklar sizning faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgani va ularni to‘g‘rilashga oid fikrlar bilan o‘rtoqlashamiz.

1. Harakatsizlikni noto‘g‘ri baholash
XX asrning 90-yillari boshida olimlar qiziqarli tajriba o‘tkazishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini bemor taqdirini hal qiluvchi shifokor sifatida tasavvur qilishlari kerak edi. Ular oldida tanlov bor: 15 foiz holatda o‘limga olib boruvchi davolash kursini tashkil etish yoki hech qanday muolaja buyurmaslik, ammo bunda bemor hayotdan ko‘z yumish ehtimoli 20 foiz.

Olimlarning fikricha, bunda o‘ylab ko‘radigan narsaning o‘zi yo‘q — davolashni tanlash kerak edi. Aynan shu ho ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


Taomnomada fruktoza yoki «mevadagi qand» ko‘p bo‘lishi jigarning yog‘ni yoqish qobiliyatini kamaytiradi. Taqqoslash uchun: shuncha miqdordagi glyukoza metabolizmga bunchalik ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga kelishdi Joslin diabet markazi (Boston) tadqiqotchilari. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.

Demak, bir xil kaloriyaga ega bo‘lishiga qaramay, «diyetik» fruktoza salomatlikka glyukozadan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir o‘tkazar ekan-da.

— Fruktoza jigarni yog‘ to‘plashga majburlaydi. U taomnomaga ko‘p miqdorda yog‘ qo‘shish kabi ta’sir ko‘rsatadi. Taomnomada glyukoza miqdori ko‘paysa, jigarga yog‘ni yoqishga yordam beradi va shunga ko‘ra sog‘lom metabolizmga erishiladi, — deya ta’kidlaydi tadqiqot yetakchisi, Garvard tibbiyot maktabi professori Ronald Kan.

Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar chog‘ida olimlar oltita turdagi parhezning metabolizmga ta’sirini taqqoslashdi: ko‘p miqdorda fruktoza va glyukoza, yog‘, shakar, kundalik taomnoma ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


Shvetsiyalik olimlar odamning kasbiy faoliyati bilan 2-tip diabet rivojlanishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Ekspertlar 1937 — 1979 yillar davomida dunyoga kelgan qariyb 4,5 million kishining salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Buni qarangki, kasb chindan ham mazkur xastalikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Mana, masalan, kuchli jins vakillari orasida diabet asosan haydovchilar (8,8 foiz) va ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatuvchilar (7,7 foiz)da qayd etilgan. Eng kam dasturchilarda kuzatilgan (2,5 foiz).

Ayollarga kelsak, ular uchun eng xavfli ish deb ishlab chiqarishda mehnat qilish topildi (6,4 foiz diabet holati). Bundan tashqari, xavfli guruhga oshpazlar (5,5 foiz) va farroshlar (5,1 foiz) ham kiritildi. Eng past ko‘rsatkich muhandislarda qayd etildi (1,2 foiz).

Olimlarning fikricha, diabet xavfining yuqoriligi nobarqaror ish jadvali bilan bog‘liq. Uyquga to‘ ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 05.10.2019 | Комментарии (0)


G‘arbiy Sunning sakkizinchi imperatori «Choyning to‘liq tavsifi» nomli asarida choy damlashda qanday suvdan foydalanish kerakligi haqida yozib qoldirgan: toza, yengil, shirin va shaffof. Keyinchalik bu to‘rtta talabga beshinchisi ham qo‘shilgan — suv «tirik» bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga javob beradigan suvgina choyni to‘g‘ri damlashga imkon beradi. Qadimda yomg‘ir suvi eng shirin, tog‘ muzidan erigan suv esa eng toza hisoblangan. Turib qolgan emas, oqayotgan suv tirik sanaladi.

Bugun filtr yordamida tozalangan vodoprovod suvi yoki tabiiy manbalardan olib qadoqlangan suv choy damlash uchun eng yaxshi suvdir. Turli navdagi choylarni damlash uchun har xil haroratdagi suv talab etiladi. Ko‘k choy — fermentlanmagan — choy 80S (eng qimmat navi) — 95S darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanadi. «Ulun» choy navining mazasi to‘liq chiqishi uchun 90 — 100 S darajadagi suv quyiladi. Qizil choy 70 — 85 darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanishi zarur.

Qora ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 02.10.2019 | Комментарии (0)


Mushak massasini oshirish, qonda qand miqdorini barqarorlashtirish orqali xushbichim bo‘lishga yordam beradigan ichimliklar mavjud. Ularni uxlashdan oldin muntazam ichib yursangiz, bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.

Tuniga bir stakan iliq yoki xona haroratidagi sutni ichib yotish foydali. Ushbu ichimlik tarkibidagi triptofan va kalsiy yaxshi uxlashga yordam beradi. Ma’lumki, uyquga to‘ymaslik yog‘ to‘qimasi ortishiga olib keladi. Ustiga-ustak, sut oqsili mushak massasini mustahkamlaydi.

Qomati raso bo‘lishga uyquga yotishdan oldin bir stakan uzum sharbati ichish ko‘maklashadi. O‘simlik mevasi tarkibida resveratrol bor. Ushbu tabiiy fitoaleksin oq yog‘ni qo‘ng‘ir yog‘ga aylantiradi: u esa quvvat olish uchun organizm tomonidan sarflanadi.

Ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yana bir ichimlik kefir hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada h ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 01.10.2019 | Комментарии (0)


29 sentyabrda Butunjahon yurak kuni nishonlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklari butun dunyoda odamlar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi.

Parranda yoki baliq go‘shti foydasiga yog‘li go‘shtdan voz kechish, turshak, loviya va yong‘oqlar iste’mol qilish, shakar iste’molini cheklash yurak salomatligini saqlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot tadqiqot markazi saytida ma’lum qilingan.

“Muvozanatlashgan ovqatlanish – sog‘lom yurak tomon birinchi qadamdir, u insonni organizmning barcha tizimlari normal ishlashi va normal vaznni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan ta’minlaydi”, deyilgan maqolada.
Taomlar tanlashda parranda, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlariga afzallik berish va yog‘siz hamda shirin bo‘lmagan sut-qatiq mahsulotlarini tanlash lozim.

Bundan tashqari, turshak, loviya, yong‘oqlar va kepakli non kabi k ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 01.10.2019 | Комментарии (0)


Bugun har bir ayol o‘z oshxonasini zamonaviy idish yuvish vositalarisiz tasavvur qila olmaydi. Bir-ikki tomchi dastmolga tomizilgan kimyoviy vosita har qanday yog‘liqlik darajasi mavjud idishni top-toza qiladi. Ammo uning qay darajada o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘iga ta’sir qilishi haqida kamdan-kam ayollar o‘ylab ko‘rishadi.

Ko‘pchilik idish yuvish vositalari bilan yuvilgan idish-tovoqni kamida yetmish marotaba chayqash zarurligini bilishmaydi. Aksariyat holatda vosita tarkibidagi zararli kimyoviy moddalar idish yuzasida qolib, ovqat bilan inson organizmiga tushadi va bir qancha og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan vositalar kimyogarlar tilida yuzaning faol moddalari (YuFM) deb atalib, ular kationli (KYuFM), anionli (AYuFM), amfoterli (AmfYuFM), neionogenli (NYuFM) larga bo‘linadi. Ushbu kimyoviy birikmalarni idish yuzasidan yuvib tushirish ancha qiyin.

Avvalo idish yuvish geli bilan yuvilganda suv tomchi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 01.10.2019 | Комментарии (0)


Statistika bo‘yicha, hozirgi kunda har uchinchi inson ko‘rish qobiliyati muammolaridan aziyat chekadi. Sabablar turfa xil, masalan: ekologiya, irsiyat, texnika buyumlari ta’siri (televizor, kompyuter).

Ko‘rish qobiliyati sustlashmasligi uchun muntazam choralar ko‘rib borish lozim:
- Har kuni ko‘z uchun gimnastik mashqlarni amalga oshirish.
- Ko‘z gigiyenasiga to‘g‘ri rioya qilish.
- Foydali mahsulotlar iste’moli.
- Iloji boricha ko‘proq toza havoda sayr qilish.
- Texnika buyumlaridan imkoniyat darajasida kamroq foydalanish yoki antikompyuter ko‘zoynaklari sotib olish.

Ko‘z salomatligini saqlashning xalqchil usullari
1. Pishiqchilik davrida ko‘p miqdorda chernika (rezavor meva) yeyish kerak. U o‘zining shifobaxsh xususiyati bilan ajralib turadi: ko‘z to‘r pardasidagi qon tomirlari ishini jadallashtiradi; ko‘z toliqishini kamaytiradi; mushak spazmlarini bartaraf etadi; ko‘rish qobiliyatini asrash va yaxshilashga yordam b ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 01.10.2019 | Комментарии (0)


Joriy yilda xalqaro olimlar guruhi tadqiqot o‘tkazib, dunyoning turli davlatlar aholisi qanchalik tez qarishini baholashdi. Ushbu ma’lumotlar «The Lancet» ilmiy jurnalida chop etilgan.

«Rambler»ning yozishicha, tadqiqot chog‘ida keksaygan sari ko‘proq namoyon bo‘ladigan va yaxshi yashashiga xalaqit beradigan xastaliklar hisobga olingan (yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, Parkinson xastaligi, eshitish qobiliyati yomonlashishi, katarakta, Alsgeymer, yurayotganda yiqilish natijasida olgan jarohatlar). Tadqiqot 1990 — 2017 yillar davomida olib borilgan.

Bu o‘rinda yaponlarga havas qilsak arziydi — ularda qarishning ilk alomatlari o‘rtacha 76 yoshda namoyon bo‘ladi. Shveysariya, Fransiya, Singapur va Quvaytdagi ko‘rsatkichlar ham shunga yaqinroq: qarish 75 yoshdan keyin bilina boshlaydi.

Jinslar o‘rtasidagi tafovutga kelsak, ayollar erkaklardan ko‘ra sekinroq qarishadi. Sababi — evolyutsiyaga ko‘ra, ayol miyasi erkaklarnikiga qaraganda sekinroq keksa ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Tanaga yetarlicha ozuqa tushmayotganini qanday aniqlash mumkin? Shuningdek, qaysi alomatlardan ehtiyot bo‘lish kerak?

Quvvat yetishmasligi
Ertalab o‘rindan turishga qiynalasiz: tanaga yetarli bo‘lgan 7-8 soatlik uyquga qaramay vannaxonada gilamga o‘tirgingiz yoki yana yotib uxlagingiz keladi. Bu quvvat yetishmayotganini anglatadi. Go‘zal jins vakili kuniga taxminan 1500 — 2400, erkaklar esa 2000 — 3000 kaloriya qabul qilishi lozim.

Bosh aylanishi, hushdan ketish
Agar odam muntazam to‘yib ovqatlanmay yursa, ko‘pincha qonda qand miqdori birdan kamayib ketishi mumkin. Bu bosh aylanishi va hushdan ketishga sabab bo‘ladi.
Yana bir sababi — suvsizlanish. To‘yib ovqatlanishdan tashqari, kuniga yetarlicha suv ichish zarur. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Miyaning yomon ishlashi
Miya har kuni tana qabul qilayotgan quvvatning chorak qismiga ehtiyoj sezadi. Och qolganda kerakli ma’lumotni unutishingiz yoki muhim masalaga e’tib ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Olimlar inson salomatligini eng kuchli yomonlashtiruvchi omilni aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert» nashri xabar bergan. «Rambler»ning yozishicha, bu global iqlim o‘zgarishidir. Birinchi navbatda, ekstremal ob-havo sharoiti va havo haroratining ko‘tarilishi bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, havoning isishi bir qancha dori-darmonlar, jumladan, infuzion eritmalar xavfsizligi va samarasini pasaytirishi mumkin. Umuman olganda, bu ko‘pgina davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini jiddiy yomonlashtiradi.

Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, bemorlar muolajasi tabiiy ofatlar tufayli uzilib qoladi. Havo holati yomonlashadi, karbonat angidrid gazi tarkibi ortadi. Bu burun shilliq qavati shishiga olib kelishi hamda allergik reaksiyalar xavfini oshirishi mumkin. Ustiga-ustak, allergiklar anomal issiq ob-havo sabab o‘simliklarning ancha paytgacha juda ko‘p miqdorda gul changi ajratishidan qiynalishadi. Allergiya aholining 20 foizi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Shotlandiyadagi Sent-Endryu universiteti tadqiqotchilari qaysi ichimlik chanqoqni yaxshiroq qondirishini aniqlashdi. Ushbu maqsadda mutaxassislar qahva, sut va alkogolli ichimliklarning tanaga ta’sirini taqqoslashdi, deb yozadi «Rambler». Tajriba natijalari haqida CNN xabar bergan.

Professor Ronald Moganning so‘zlariga ko‘ra, sut oddiy suvdan ko‘ra chanqoqqa qarshi kurashishda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgan. Chunki jonivordan olingan ichimlik tarkibida qand laktozasi, ozroq oqsil va yog‘ mavjud.

Bularning bari oshqozondan suyuqlik ketishini sekinlashtirishga va uzoqroq vaqt davomida suyuqlik ichish xohishini his qilmaslikka yordam beradi.

«Tanani namiqtirish»da qahva ham yomon natija ko‘rsatmadi. Gap kofeinli 2 – 4 finjon ichimlik qabuli haqida ketmoqda.
Qahvaning peshob haydash xususiyatini juda kam qahva ichadigan odamlarda kuzatish mumkin. Muntazam qahva ichuvchi kishilarda bunday reaksiya kamroq qayd etiladi.

Har qanday h ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


«Mo‘’jizalar olami»ning yozishicha, qadimgi zamonlardan buyon shifokorlar, tabiblar va alkimyogarlar umrboqiylik eliksirini topishga urinib kelishgan. Ular bu jumboq tagiga yetish uchun qanchadan-qancha giyohlarni, ne-ne kimyoviy moddalarni aralashtirib ko‘rmagan deysiz?! Lekin baribir niyatlariga yeta olishmagan.

Biroq ayrim masalalarda muvaffaqiyat ham qozonishgan — tanani mustahkamlovchi, sog‘lomlashtiruvchi retseptlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Mayli, 200 yil yashamaylik, ammo keksaygan chog‘imizda ham bardam va tetik bo‘lib yuraylik!

Ko‘hna retseptlarni ko‘zdan kechirar ekan tarixchilar ikki mahsulot eng ko‘p ishlatilishini payqab qolishdi: sut bilan sarimsoq. Bu bejizga emas. Hatto Ibn Sino ham ko‘pgina kasalliklarni sarimsoq yordamida davolagan. Zamonaviy ilm-fan esa buni endi-endi isbotlamoqda.

Qozonchaga 1 stakan sutni quyib, olovga qo‘yamiz. Qaynab chiqquncha, 2 bo‘lak sarimsoqni tozalab, maydalab to‘g‘raymiz.
Sut qaynab ch ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Kanadalik olimlar paketchali choyda polimer mikro zarralarini aniqlashdi. Har yili dunyo okeaniga bunday zarralar juda ko‘plab oqizib turiladi. Bu haqda «Rambler»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Tadqiqot natijalari «Environmental Science & Technology» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, paketchali choy damlanganda qariyb 11 milliard plastik mikro zarralar va yana 3 milliard polimer nano zarralar qaynoq suvga tushadi. Bu darajadagi ko‘p plastik hatto suv quyilgan plastik idishlarda ham aniqlangan.

Hozircha olimlar mikroplastikning odam salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini oydinlashtirganicha yo‘q. Biroq qisqichbaqalar ozuqaviy muhitida nano zarralarning bo‘lishi ushbu mavjudotlar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
ManbaL: Zamin.uz

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Mutaxassislarning e’tirof etishicha, aksirish bilan vujudimizda quyidagi jarayonlar yuz berar ekan:
– Miya va yurak tomirlari kengayadi;
– Ko‘z yoshi kanallari ochiladi;
– Oddiy nafas olish bilan saqlanib qolgan o‘lik havo chiqib ketadi;
– Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi (ya’ni dam oladi);
– Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.

Ko‘pchiligimiz jamoat joylarida uyalib, tortinibmi kelgan aksani ortga qaytarishga urinamiz. Vaholanki, aksirish qanchalik foydali bo‘lsa, uni qaytarib qolishning zararlari ham oz emas. Masalan, kishi bir lahzada infarkt bo‘lib qolishi yoki vena qon tomirlari va o‘pkasi kuchli bosimdan yorilishi yo bo‘lmasa, miya tomirlarida tiqin yuzaga kelishi oqibatida falaj (insult) bo‘lib qolishi mumkin. Demak, aksirishni qaytarishga hojat yo‘q, faqat odoblariga amal qilsak, kifoya.

Aksirish asnosida ko‘zlarning yumilishi ham biz uchun katta ne’matdir. Agar yumilmagan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Agar sizni kimdir katta tezlikda quvib o‘tib ketdimi, uning salonida kamida chinqiriq ovozli Mayli Sayrus kuylayapti. Nima bo‘lganda ham o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazgan Janubiy Xitoy texnologiya universiteti olimlari ushbu xonandaning «Party In The USA» qo‘shig‘ini yo‘lda tinglash eng xavfli qo‘shiqlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishdi.

Xitoylik olimlar qaysi xildagi musiqalar haydovchining mashina boshqarishiga xalaqit berishini o‘rganish uchun ushbu tadqiqotga qo‘l urishgandi.

Avvaliga olti yo‘lakli yo‘lda o‘z mashinalarida o‘tishga rozi haydovchilarni topishdi. Birinchi yurishda — tinch, hech qanaqa musiqalarsiz. Ikkinchisida magnitofon (pleyer) qulog‘ini buragan holda. Qizig‘i, birinchisida mashinalar risoladek ketayotgan edi, salon musiqa sadolariga to‘lishi bilan haydovchilarning kayfiyati, unga qo‘shilib mashinalarning tezligi ham ko‘tarilib ketdi.

Xabarga ko‘ra, musiqa jaranglaganidan so‘ng tezlik o‘rtacha soatiga 5 milga oshgan.

Yo‘ ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 28.09.2019 | Комментарии (0)


Sal mazamiz qochib qolsa, issiq sut ichishga, malina murabbosi yeyishga, askorbinka qabul qilib, o‘ranib yotishga harakat qilamiz. Biroq bu usullarning ayrimlari shamollashga qarshi kurashish o‘rniga, aksincha, tanaga zarar yetkazishi mumkin.

Mo‘’jizakor dori
Ko‘pchilik shamollab qolgan zahoti suvda eriydigan kukunli dorilarni ichishga tushadi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ular shamollash alomatlariga qarshi kurashadi. Darhaqiqat, bunday mo‘’jizakor vositalar kasallikning noxush belgilariga qarshi ajoyib kurashadi: bosh og‘rig‘i, isitma, tumov. Biroq ular qisqa vaqt ta’sir ko‘rsatadi. Ustiga-ustak, kukun shamollashni umuman davolamaydi, shunchaki alomatlarini kamaytiradi. Demak, faqat ularga tayanib qolmaslik kerak. Bunday vositalar shoshilinch vaziyatlardagina asqotadi.

Yo‘talga qarshi so‘ruvchi konfetlar haqida ham shunday deyish mumkin. To‘g‘ri, ular qabulidan so‘ng odam ma’lum bir paytgacha o‘zini yaxshi his qiladi. Biroq tanadagi virus ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |  Добавил: Admin | Дата: 24.09.2019 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 26 27 »