UMID ESHKAKLARI - ALISHER MUQUMOV
UMID ESHKAKLARI

Hijron qayig'ida subhdan to shom,
Kezarman sargardon hayot dengizin.
To'fon bir lahza ham topmaydi orom,
Ko'rish oson emas omadning yuzin.

Izlarman hamisha tole' manzilin,
Garchi shunchalar ko'p g'ov yo'limdadir.
Albatta topaman visol sohilin,
Umid eshkaklari to qo'limdadir.

Faqat bugun emas, bugun o'lmayman.
Garchi to'fon bilan qilamiz janglar.
Quvonmang, baribir taslim bo'lmayman,
Cho'kishimni kutib yotgan nahanglar.

/ Muallif: Alisher Muqumov /
Категория: IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР | Добавил: Admin (27.01.2017)
Просмотров: 922 | Теги: UMID ESHKAKLARI - ALISHER MUQUMOV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar