KO'NIKISH - ALISHER MUQUMOV
KO'NIKISH

Ko'nglim dunyosidan ayrodir dunyo,
Qanday o'zgartiray men qismatimni?
Qayga borsam faqat qoqildim, ammo,
Bilmam kimga aytay dil hasratimni.

Bulutlar ostida berkindim yana,
Shum qarg'alar bilan uchib charchadim.
Yolg'izligim ming bor qilindi ta'na,
Og'izdan og'izga ko'chib charchadim.

Tuhmat toshlaridan yorildi boshim,
Yuzimni tirnadi ming bitta tirnoq.
Bariga ko'nikdim ko'zimda yoshim,
Mayli, men qoraman, qarg'alar oppoq.
Категория: IBRATLI SHERLAR / СМС ИБРАТЛИ ШЕРЛАР | Добавил: Admin (27.01.2017)
Просмотров: 921 | Теги: KO'NIKISH - ALISHER MUQUMOV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar