Yoningizga qaytgim keladi
Mendan o'tdi asli xatolik
Sizga bir so'z aytgim keladi
Boshim egib uzurim aytib
Yoningizga qaytgim keladi

Xar kun yig'lab eslayman sizni
Xar kun ingrab qo'msayman sizni
Tushlarimdan izlayman sizni
Yoningizga qaytgim keladi

Biz tufayli ayrodur yo'llar
Biz tufayli ayrodur dillar
Yuzlarimdan oqmoqda sellar
Yoningizga qaytgim keladi

Kechirsangiz kechira qolingda
Xato bo'lmas aytingchi kimda
O'jarlik xam evi bilanda
Yoningizga qaytgim keladi

Xotiralar qoldi bir qisim
Ox yuragim ox tilim-tilim
Og'riyapti manabu yerim
Yoningizga qaytgim keladi
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека | Добавил: Admin (26.09.2019)
Просмотров: 650 | Теги: Yoningizga qaytgim keladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar