Yapon oroli suv ostiga g‘arq bo‘ldi

Yaponiya sohillari yaqinida joylashgan Esanbe Xanakita Kodzima oroli suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri ma'lum qildi.  

Kuril tizmasiga kiruvchi Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai orollaridan g‘arbda joylashgan orolda aholi yashamagan. Bu hududning yo‘qolganini Xokkaydo oroli aholisi aniqlagan, ular bu haqda tegishli xizmatlarga ma'lum qilishgan. Voqea joyiga kelgan razvedka kemalari orol yo‘qolganini tasdiqlashgan.

Esanbe 2014 yilda Yaponiya tomonidan nom olgan 158 ta kichik orolchadan biri bo‘lgan. Yaponiya sohilbo‘yi xizmati oxirgi marta orolni 30 yildan ko‘proq vaqt oldin ko‘zdan  kechirgan. Orol 1987 yilda dengiz sathidan 1,4 metr balandlikda bo‘lgan.




1 133

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив