Yangi yil yangi 2019 yil uchun

Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo'ralar, 
Qong'iroqlar jarangi olam uzra taralar. 
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar, 
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar. 

Eshik qoqib sho'x-shodon kirib keldi yangi yil, 
Olis safarlar kezib, mehmon bo'ldi yangi yil 

Bu kechada barchamiz, mo'jizalar kutamiz, 
Dilni charog'on aylab, zavqlik gashtin suramiz. 
Tongacha o'yin-kulgu, raqslarga tushamiz, 
Go'zal tilaklar aytib, qator-qator qo'shamiz 

Eshik qoqib sho'x-shodon kirib keldi yangi yil, 
Olis safarlar kezib, mehmon bo'ldi yangi yil. 

Archalar bezatilgan, nozu ne'mat tortilgan, 
Zebu zarlar har yonda, go'zal olam yoritilgan. 
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan, 
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan. 

Yusupova Zulfiya.




2 963

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив