15:29 Zaynab menga shuhratparastlik va tirishqoqlik o'rtasidagi farqni anglatadi | |
“Sevgi iztiroblari” serialida tomoshabin nafratini uyg`otgan yana bir qahramon bu Amirni telbalarcha sevib qolgan Zaynab. Mazkur rolni turk atrisasi Xazal Filiz maromiga etkazib ijro etgan... — Sizga mashhurlik olib kelgan “Sevgi iztirobi” serialining hayotingizda tutgan o`rni qanday? — Avvalgi loyihalar tajriba vazifasini o`tagan. “Sevgi iztirobi”dan esa zavq oldim. O`z ishimni a`lo darajada bajarishga intilaman. Qahramonim mudroq ishonchimni uyg`otdi. Zaynab menga shuhratparastlik va tirishqoqlik o`rtasidagi faqrni anglatdi. Zaynab nafsoniyati kuchli qiz, qanday yo`l bilan bo`lsa-da maqsadiga erishishni istaydi, kimdir ozorlanishi uni o`ylantirmaydi. — Zaynabning taqdiri qanday kechadi? — Qaysi toshni ko`tarmang Zaynab chiqib keladi. U maqsad sari intiluvchan va boy personaj, ssenariyni o`qib, juda hayratlangandim. Zaynab o`zgaradi, deb o`ylagandim, biroq unga hamma narsa muhim... Biroq qahramonimni kuzata turib, yomon qizning yaxshi taraflarini ko`rishingiz mumkin. — Qahramoningiz telbalarcha sevib qolganmi? — Sevgi Zaynab hayotining bir qismini egallab olgan, lekin vazminlikni qo`ldan boy bermagan. Hech nimaga qaramay, hissiyotlari boshqargan yo`ldan borgan vaqtlari ham bo`lgan. Keyin uning hayotida har bir holatning o`z mazmuni bo`lganini angladim. Ortga nazar tashlab, “yaxshiyam shu yo`lni bosib o`tdim”, deganman. Sira “agar bunday bo`lmaganida-chi?” degan savolga o`rin qolmagan... — Qahramoningiz singari siz ham maqsadingiz yo`lida har qanday ishga tayyormisiz? — Gohida istagingga erishish uchun nimadandir kechib, tanlov qabul qilishga to`g`ri keladi. Biroq to`g`ri yo`ldan borish tarafdoriman. FAKT: Xazal Filiz 1988 yilning 9 fevralida Turkiyaning Mersin shahrida tug`ilgan. Otasi temiryo`l sohasida ishlagan, onasi uy bekasi. Faoliyatini modellikdan boshlagan. So`ng aktyorlik kurslarida tahsil olib, 2009 yil “Deniz Yıldızı” serialidagi ishtiroki bilan kino olamiga qadam qo`ygan. Kitob o`qishni kanda qilmaydi. “Kitob menga aktyorlikni o`rgatadi”, deydi aktrisa. Instagramdagi shahsiy sahifasi: @hazalfilizkucukkose Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |