14:47
Zakotni naqd pulsiz, plastik kartochkaga o‘tkazish yuli bilan bersa bo‘ladimi?
“Islom.uz” sayti ma’muriyati mushtariylardan birining “Zakotni naqd pulsiz, plastik kartochkadan plastik kartochkaga o‘tkazish yuli bilan bersa bo‘ladimi?” degan savoliga aniqlik kiritdi.

“Aslida plastik kartadan bemalol foydalana oladigan kishiga tushirib berish joiz. Zakot namoz, haj va ro‘za kabi buyuk ibodatlardandir. Kishining qiladigan barcha nafl ehson, sadaqot va xoyrotlari zakotning maqomiga yeta olmaydi. Ularning savobi ham zakotning savobicha bo‘lmaydi.

Bu ibodat uchun ham xolis niyat, pokiza mol, hushu’-huzu’, ortidan qabul bo‘lishini Allohdan umid qilish, qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish kerak”, — deb javob qaytardi sayt ma’muriyati.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 667 | Добавил: Admin | Теги: plastik kartochkaga o‘tkazish yuli , Zakotni naqd pulsiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar