23:22 Yuzingizni uy sharoitida oziqlantirish uchun niqoblar | |
Bu niqoblarni yuzingizga haftada ikki marta surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Natijasini ko`rib, tan berishingiz aniq! Quruq va normal yuz terisi uchun olmali oziqlantiruvchi niqob: 1 osh qoshiq saryog`ni olma va tuxum sarig`ining qirindisi bilan qo`shamiz. Unga 1 choyqoshiq asal solib aralashtiramiz. Bu niqobni yuzga surtib 20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlash kerak. Quruq va normal yuz terisi uchun tozalovchi va oziqlantiruvchi karamli niqob: Karamni go`shtmaydalagichdan o`tkazib, tayyor bo`lgan bo`tqani yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin uy haroratidagi suv bilan yuvib tashlang. Aralash tipdagi yuzlar uchun bananli oziqlantiruvchi niqob Bananni bo`tqa qilib, unga 2 oshqoshiq qaymoq(slivki), 1 oshqoshiq asal solib, mikser bilan ko`pirtiramiz. Tayyor bo`lgan kremni darrov yuz, bo`yin, dekolte sohasiga surtib, 20-30 daqiqa qoldiramiz. Niqobni kosmetik salfetka bilan tozalaymiz. Quruq yuzlar uchun sabzili niqob Qirg`ichning mayda tishidan ikkita qizil sabzini o`tkazing. Tayyor bo`lgan sabzi bo`tqasiga 1 dona tuxum sarig`i va 1 choyqoshiq o`simlik (yaxshisi zaytun) yog`ini qo`shing. Normal va quruq yuz terisi uchun kartoshkali niqob 2 dona xom kartoshkani qirg`ichdan mayda qilib o`tkazib, unga 1 ta tuxum sarig`i va 1 oshqoshiq sut qo`shing. Ko`zga hunuk ko`rinsa-da, bu niqob ajoyib natijalar beradi. U nafaqat yuzning qurishi va teri ko`chishidan, balki shishishdan ham asraydi. Yog`li yuz terisi uchun qatiqli niqob Ikki oshqoshiq qatiqni 1 oshqoshiq kofe maydalagichda tuyilgan suli yormasi (gerkules) bilan aralashtiramiz. Xohishga ko`ra qatiq o`rniga kefir yoki asidofilin ishlatsa ham bo`laveradi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |