20:04
Yuzga tushgan ajinlar nimadan darak beradi?
Garchi yoshga doir o`zgarishlarni to`xtata olmasak-da, muammoni chuqurlashtirmaslikning imkoni bor. Ajinlar yuzning qaysi qismida joylashganiga qarab, tahminiy xastaliklarni birgalikda aniqlaymiz.

PESHONA :
Agar peshonaning yuqori qismi bo`ylab uzun, ingichka ajinlar tarqalgan bo`lsa, hoynaxoy sizni bosh og`rig`i bezovta qiladi.
Peshonadagi ajinlarning chuqur joylashganligi buyrak faoliyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Ehtimol, sizda buyrak shamollashi, tuz yoki qum yig`ilishi kabi muammolar bor.
Ikkita qosh o`rtasidagi yirik ajinlar gaymorit asoratini bildiradi. Agar gaymorit bilan og`rigan bo`lsangiz, og`riq xurujlarida peshonangizni qattiq tirishtirgansiz. Bu esa ikkita qosh o`rtasidagi teriga zo`riqish bergan.

OG`IZ ATROFI:
Yuqori lab va burun o`rtasida paydo bo`lgan mayda ajinlar, oshqozon, ichaklar faoliyatidagi buzilishlar hamda gormonal o`zgarishlardan darak beradi.
Burun va yuqori lab o`rtasidagi yirik ajinlar yurak faoliyatidagi bezovtaliklarga ishora qiladi. O`ylab ko`ring, tez toliqish, zinadan yuqoriga ko`tarilganda hansirash kabilar kuzatilmayaptimi?
Daxan soxasida tarqalgan uzuq-yuluq ajinlar jigar bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

YONOQLAR:
Odatda, ushbu yuz sohasida ajinlar nisbatan kam bo`ladi. Ammo buning aksi bo`lsa, oshqozon osti bezi bilan bog`liq o`zgarishlarga taxmin qilinadi.

KO`ZLAR:
Ko`zning tashqi burchagidan chakkaga qarab tarqalgan mayda ajinlar o`t qopi, hazm faoliyati va oshqozon bilan bog`liq holatlarga e`tibor berishga chorlaydi.
Ko`z qopchasi bo`ylab yozilgan ajinlar esa uyqusizlik yohud ayrim vitaminlarning etishmovchiligidan dalolat berad.;
Ertalablari ko`z qovoqlarining shishib, yuzasida bilinar-bilinmas mayda ajinlarning paydo bo`lishi buyrak faoliyatidagi o`zgarishlarga taxmin qilinadi.



Bilib qo`ygan yaxshi!

Yoshingiz 30 dan oshgan bo`lsa, har hafta mayda ajinlarni teri yuzasi bo`ylab tarqatuvchi kosmetik muolajalarni bajarib turing. Uy sharoitida yuzni shapatilash, moychechak damlamasida kompress qilish va terini oziqlantirish kabi usullarni bajarish mumkin.

Agar ajinlar ichki xastaliklar belgisi bo`lsa, kasallikni aniqlab, davolanmaguningizcha tashqi ko`rinishingizni parvarishlashingiz befoyda.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 826 | Добавил: Admin | Теги: Yuzga tushgan ajinlar nimadan darak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar