Bir qator elektron ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahrining yangi ramzi uchun tanlovning yakuniy bosqichi bo`lib o`tgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati esa bu xabarni rad etdi.

Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o`rinbosari Diyor Mirzaahmedov tanlov xususida to`xtalib o`tdi.

– Toshkentning ijtimoiy hayotida birinchi marotaba poytaxtimizning yangi ramzi (gerbi) uchun ochiq tanlov o`tkazildi. Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi 2018 yilning 16 iyulidan 17 sentyabrigacha e`lon qilingan mazkur tanlov shahrimiz hayotini yanada zamonaviylashtirish, odamlarga munosib turmush sharoitini yaratish ishlari bilan hamohangdir, – deydi D.Mirzaahmedov. – Tanlovda ishtirok etish uchun tasviriy san`at, dizayn, grafika, illyustrasiya, reklama va shunga o`xshash faoliyat yo`nalishlarining maxsus ta`lim yoki professional tajribaga ega mutaxassislari jalb etildi. ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


5 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Xumo” MFY, Rayonobod qishlog`ida joylashgan “Shoim ota” MChJga qarashli AYoQSh hududida bo`lgan “Gazel” rusumli yuk avtomobili yonib zararlangan.

Yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in zudlikda bartaraf etilib, AYoQShning 70 kv.metr maydonda binosi va hududidagi yoqilg`i saqlanib kelinayotgan sig`imi yong`indan asrab qolingan.

Voqea joyida kuyish tan jarohati olgan yuk avtomobili haydovchisi hamda uning yo`lovchisi shifoxonaga yuborilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, haydovchi hamda yo`lovchi gaz va havo aralashmasidan hosil bo`lgan chaqnashdan kuyish tan jarohati olaganliklari ma`lum bo`lgan.

Davlat Yong`in xavfsizligi xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori an ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o`zgaradi. Bu haqda "O`zavtosanoat" AJ raisi o`rinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.

"Tez orada GM Uzbekistan nomi o`zgaradi. Hozirda bu bo`yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo`lgach, bu haqida xabar beramiz", - deya Shukurovning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda "Xalq so`zi" muxbiri.

Eslatib o`tamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Xalqaro xotin-qizlar kuni (8 mart) va Navro`z (21 mart) bayramlarini nishonlash uchun o`zbekistonliklarga etti kun dam olish beriladi.

8 mart juma kuniga to`g`ri keladi, bayram dam olish kunidan so`ng besh kunlik rejimda ishlovchi o`zbekistonliklar yana ikki kun — shanba va yakshanba dam oladi (9—10 mart).

Navro`z bu yil payshanba kuni nishonlanadi. O`zbekiston Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi farmoni bilan qo`shimcha dam olish kuni — 22 mart, juma tasdiqlangan. 23 va 24 mart kunlaridagi dam olish kunlarini hisobga olganda, o`zbekistonliklar ketma-ket to`rt kun dam olishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


AzonTV onlayn ilmiy-ma`rifiy telekanali 10 fevraldan dasturlarini namoyish eta boshlaydi. Bu haqda telekanalning Telegram‘dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Telekanalni quyidagi usullar bilan kuzatish mumkin:

Tas-IX orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir (rasmiy saytda);

Facebook orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir (rasmiy sahifada);

Youtube orqali — to`g`ridan-to`g`ri efir, alohida ko`rsatuv va dasturlar;

Telegram orqali — alohida ko`rsatuv, dasturlar va kinolar.

AzonTV mobil versiyasi ham ishlab chiqilmoqda.

Aniq linklar efir boshlanishidan bir kun avval e`lon qilinadi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Toshkent shahar IIBB Xonto`raevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) o`zgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018 yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.

Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 26 noyabr kuni o`zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Murod Xonto`raev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


GM Uzbekistan korxonasi Captiva o`rnini bosishi lozim bo`lgan avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O`zavtosanoat“ AJ raisi o`rinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni tashkil qilingan “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yangi turdagi avtomobillar 2019 yilning uchinchi choragidan boshlab ishlab chiqarilishi mumkin.

Hozircha aynan qaysi turdagi modellar O`zbekistonda ishlab chiqarilishi bo`yicha ma`lumot berilmadi. Hozircha uning krossover yo`l tanlamas tipda bo`lishi aniq, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

Ma`lumot uchun oldinroq, xorij saytlarida Chevrolet Equinox modeli O`zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hozirgacha bu ma`lumot tasdiqlanmagan.

Eslatib o`tamiz, oldinroq GM Uzbekistan o`z nomini o`zgartirayotgani xabar qilingandi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan e`lon qilingan 2019 yilning yanvar oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqidagi ma`lumotda 2019 yilning yanvar oyida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o`rtacha 8,3 foizga o`sgan.
Sitrus mevalari narxlarini 1,0 foizga arzonlashganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarida o`sish kuzatilgan.

Alohida turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining iste`mol

narxlari indeksi – 2019 yil yanvar 2018 yilning dekabriga nisbatan, %

2019 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mahsulotlardan uzum (1,3 baravar), tarvuz (22,0 wacko va pomidor (16,3 wacko narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi qayd etilgan.

Shuningdek, infografika ma`lum ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


2018 yil davomida Toshkent avtomobil yo`llarida sodir etilgan yo`l-transport hodisalari soni 2017 yilga nisbatan 23,4 foizga, halok bo`lganlar soni 19,5 foizga, jarohat olganlar soni 22,3 foizga kamaygan. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Joriy yilning o`tgan bir oyi davomida sodir etilgan yo`l–transport hodisalari soni 2018 yilning shu davriga nisbatan 30,4 foiz, halok bo`lganlar soni 64,3 foiz, jarohat olganlar soni 31,5 foizga kamaygan.

Toshkentda transport vositalarining harakatlanishi nisbatan tartibli bo`lib bormoqda. Bunda fuqarolarning bir-birlarini tartib buzishlarini nazorat qilib borishlari ham ijobiy natija bermoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB boshqarmasida ochilgan ijtimoiy tarmoqda o`zining ko`plab takliflari, transport vositalarini boshqarishda haydovchilar tomonidan yo`l qo`yilgan huquqbuzarliklar qayd etilgan videolavhalar orqali muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh fuqarolar rag`batlantirilib, «Yo`l posboni» faxriy yorl ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash to`g`risidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomalarini olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Jismoniy shaxslarga xizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O`zarxiv» agentligi ularning bajarilishini ta`minlaydi.

Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012 yildagi «O`zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to`g`risida»gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi.

Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikasiya tizimi (OneID) orqali YaIDXPda avtorizasiyadan o`tish zarur.

Ko`rsatilgan hujjatlar, xususan, pensiya tayinlash chog`ida talab etiladi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


31 yanvar kuni Shimkentda o`tkazilgan maxsus operasiya davomida 73 nafar XXR va 137 nafar O`zbekiston fuqarolari qo`lga olingan, deb xabar qildi Sputnik.

Qayd etilishicha, Qozog`iston IIV migrasiya xizmati va kriminal polisiya Departamenti xodimlari tomonidan Olma-Ota shahrida XXR va O`zbekiston fuqarolari uchun noqonuniy migrasiyani tashkillashtirish bilan shug`ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo`yilgan.

«Aniqlanishicha, XXR fuqarolari Qozog`iston Respublikasiga tranzit aviareyslari orqali kirib kelishgan va shundan so`ng qonunni buzgan holda noqonuniy ravishda mamlakat hududida qolganlar. Ayni vaqtda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborish masalasi ko`rib chiqilmoqda», - deb xabar qilgan mamlakat IIV rahbari Olmos Sadubaev.

Noqonuniy migrasiya kanalini XXRning ikki fuqarosi va qozog`istonlik ayol tashkillashtirilgani aytilgan.

«Ular ushlangan, QR JK 394 moddasi 2 qismi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktir ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


2019 yil 1 fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Oltintepa ko`chasida yashovchi E.K.ga tegishli Toshkent viloyatining Parkent tumani Navbahor qo`rg`onida joylashgan dala-hovlisida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in o`chirish vaqtida shu erda vaqtincha yashagan S.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. O`rganishlar davomida yong`in S.D. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


2 fevral kuni soat 17:04 da O`zbekistonda erosti silkinishlari qayd etildi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 453 km masofada, Afg`oniston hududida 100 km chuqurlikda joylashgan. Magnitudasi – 5,4 ga teng.

Erosti silkinishlari kuchi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg`ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi va Navoiyda 2 ballni tashkil qildi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha, yangi yilning birinchi kuni Samarqand viloyatida 168 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deb yozadi Zarnews nashri.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 33 million 85 ming 200 kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 foizga o`sgandi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 04.01.2019 | Комментарии (0)


31 may kuni internet tarmoqlarida «Iftixor» klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyachisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergashevlarni ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar paydo bo`lgandi.

O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlarni amalga oshirgani haqidagi matbuotda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

"Yoshlar ittifoqi jamoasi «Iftixor» futbol klubi direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qo`ziboev tajovuzkor harakatlari uchun futbol bilan bog`liq har qanday faoliyat olib borishdan butun umrga chetlatildi", - deyilgan O`FA xabarida.

O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga munosabat bildirib, O`FA hamda PFL bundan buyon ham o`z o`yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar k ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 04.06.2018 | Комментарии (0)


Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 iyun kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo` ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 04.06.2018 | Комментарии (0)


Markaziy bank 29 maydan e`tiboran xorijiy valyutalarining o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o`tgan haftaga nisbatan 15,70 so`mga kamayib, 7 982,25 so`mni tashkil qildi.

Evro kursi esa 97,47 so`mga pasayib, 9 299,32 so`mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 0,80 so`mga tushdi va 127,57 so`mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


O`tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi, deb xabar qildi "O`zRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ularning 43 tasi jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 761 mln so`mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 68% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 10% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo`yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida etakchilikni Buxoro viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng.

Keyingi o`rinda Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o`rin Farg`ona va Samarqand viloyatlari avto havaskorlariga tegishli bo`lib, har birining ulushi 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 31% ga teng.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kun ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


Bu joy Toshkent shahridagi Mirzo Ulug`bek parki, ya`ni sobiq Telman parki o`rnidir. Bu haqda parkning Facebook'dagi sahifasida ma`lum qilindi. Hududni rekonstruksiya qilish davomida aholining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan barcha istak va takliflari inobatga olingan.

Aksariyat 1934 yilda ochilgan parkning tarixi va muhiti saqlanib qolishi istagini bildirgan. Shu bilan birga, ma`lum qilinishicha, parkning yillar davomida yaroqsiz ahvolga kelgan barcha kommunikasiyalari, irrigasion tizimlari, elektrifikasiyasi, avtosug`orish tizimlari to`liq yangilangan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 13 14 »