10:29
Yumshoq mebellar va avtomashina salonini tozalash vositasini uy sharoitida tayyorlaymiz
Uyingizdagi yumshoq mebellar va avtomashina salonini tozalash uchun uy sharoitida tejamli vosita qanday tayyorlanishini bilishni xohlaysizmi?

Tarkibiy qismlar:

1 piyola suyuq sovun

1 piyola sirka

1 piyola “Borjomi” (yoki “Yesentuki”, “Arxiz”) mineral suvi

Purkagichli idish

Cho‘tka

Yumshoq mebellar yuzasini kir va dog‘lardan tozalaymiz:

Tarkibiy qismlarni idish ichiga solib biroz aralashtiramiz.

Hosil bo‘lgan aralashmani kirlangan yuzalarga sepamiz va 5—10 daqiqa shunday qoldiramiz. Keyin kirlangan joylarni cho‘tka yordamida aylanma harakatlar bilan ishqalaymiz.

Yumshoq mebel yuzalaridagi dog‘lar birin-ketin yo‘qola boshlaydi. Ba’zi eskirgan dog‘lar esa birdaniga yo‘qolmaydi va ertalab yana paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu yuzalarni iliq suv va cho‘tka bilan yana bir marta ishqalang va yana bir marta aralashmadan suring. Bu amallardan keyin hamma yuzalar top-toza bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 696 | Добавил: Админ | Теги: Yumshoq mebellar va avtomashina sal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar