15:36
Yulduz Usmonova soxta akkaunt haqida ogohlantirdi
“Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova rasmiy sayti orqali soxta akkaunti haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

lantirishda, jumladan, shunday deyiladi:

“Yana bir bor eslatib o‘tamiz — Instagram’dagi ‘yulduzusmonova’ akkauntining Yulduz Usmonovaga hech qanday aloqasi yo‘q. Fotomateriallarga diqqat bilan qaralsa, barchasida suv belgilari o‘chirilgan. Instagram’dagi folloverlar soniga e’tibor qilmang, barcha sharhlarga soxta Yulduz Usmonova javob qaytaradi.

Yulduz Usmonovaning rasmiy tarmoqlarida san’atkorning barcha suratlariga suv belgilari qo‘yilgan. Barcha rasmiy sahifalar bizning saytimizda ko‘rsatilgan”.

Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 836 | Добавил: G‘anisher | Теги: Yulduz Usmonova soxta akkaunt haqid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar