21:01
Yozgi bir haftalik parhez
O`zingiz eng sevgan meva va sabzavotlarni tanlang. Parhez 7 kunga mo`ljallangan. Har bir kuningiz ma`lum bir sabzavot yoki mevaga «bag`ishlanadi».

Dushanba

Bodring va pomidorli kun

Kun davomida faqat bodring va pomidor eng.

Seshanba

Mevalar kuni

Biror bir o`zingiz eng sevgan meva turini tanlang va kun davomida faqatgina shu mevani iste`mol qiling. Mevaning asosiy qismi tushlikka to`јri kelgani ma`qul. Shuningdek, kefir yoki yoјsiz yogurt ham eyishingiz mumkin.

Chorshanba

Reza mevalar kuni

O`zingizga yoqimli bo`lgan reza mevani (qulupnoy, gilos, malina) tanlang va faqat shu mevani iste`mol qiling. Shuningdek, giyohli damlama yoki ko`k choy ham ichishingiz mumkin.

Payshanba

Kefir va tvorogli kun

Bugun faqat sutli mahsulotlar tanavvul qiling. Har 2-3 soatda 1 stakan kefir iching. Nonushta va tushlik paytida 100 gr tvorog ham eyishingiz mumkin.

Juma

Sabzavot kuni

Kartoshka, qovoqcha, bulјor qalampiri, istalgan sabzavot turini tanlang va xoh pishirilgan, xoh pishmagan holatda iste`mol qiling. Shuningdek, pomidor, bodring va karam ham eyishingiz mumkin. Ko`proq ko`k choy iching.

Shanba

Rezavor mevalar kuni

Bugun bir emas, bir nechta reza mevalarni eyishingiz mumkin va hatto tushlik paytida 100 gr tvorog eyishingizga ham ruxsat beriladi. Ichimliklardan esa giyohli damlama yoki ko`k choy.

Yakshanba

Sharbatlar kuni

Butun hafta davomidagi eng qiyin kun. Kun davomida hech narsa emaysiz, faqat turli sabzavotlardan qilingan sharbatlarni ichishingiz mumkin. Agar ochlikka juda ham chiday olmasangiz – 100 gr yoјsiz tvorog eyishingizga ruxsat beriladi.

Diqqat: har qanday parhezni tugallagandan so`ngra oshqozonni to`latib oјir ovqat emang, bu hazm qilishni buzadi. Yuqorida keltirilgan parhez turlari esa engil bo`lib, oshqozon oddiy ovqatga o`rganishi uchun avvaliga engil ovqatlar tanavvul qiling.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 798 | Добавил: Admin | Теги: Yozgi bir haftalik parhez | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar