18:35 Yosh ota-ona qizchasini kalamushlar tishlagani uchun qamoqqa jo`natildi | |
AQshning Arkanzas shtatidagi yosh ota-ona qizaloqlarini kalamushlar 100 martadan ortiqroq tishlab tashlagani uchun qamoqqa olindi, deb yozmoqda News.day.az nashri. 19 yoshli Erika Shriot va 18 yoshli Charlz Eliot oilaviy do`stlarining yarim vayrona uyida yashashardi. Bir kuni ertalab ular ikki haftalik qizaloqlarining qonga belanib yotganini, qo`llari va yuzlarida kalamush tishlab tashlagani ustidan chiqib qolishadi. Qizaloqning peshanasidagi tish izlari shunchalik chuqur botgandiki, qayta tiklovchi jarrohlik amaliyotini o`tkazishga to`g`ri keldi. Qizaloqni kalamushlar talagani tergov ishlari orqali ma`lum bo`ldi. Yosh ota-ona farzandlarining yig`lagani hech qanday munosabat bildirmaganliklari va uni himoya qilmaganlari uchun mas`uliyatsizlikda ayblandi. Qolaversa, ota-ona hibsga olinishlaridan bir hafta ilgari giyohvand modda iste`mol qilganliklari ham aniqlandi. Yosh juftlik voyaga etmagan bolaning hayotiga xavf solishgani uchun besh qamoq jazosiga mahkum qilindi. Qizaloqni esa boshqa oila asrab oldi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |