14:56 Yosh bolali kelinlar ishdan erta ketsa bo`ladimi? | |
— Yosh bolasi bor ayollarning ishdan erta ketishiga ruxsat beriladimi? Agar erta ketsa, ushbu soatlar oylik maoshida chegirib qolinmaydimi? Mahfuza Botirova, Sirdaryo viloyati E.MUHITDINOV, O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari: — O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining116-moddasida ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog`lig`ining holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o`ziga xos xususiyatlari va o`zga holatlarni inobatga olib, mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to`lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Mehnat kodeksining 228-1-moddasi talablariga ko`ra, ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi: uch yoshga to`lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar. Uch yoshga to`lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan tashkilotlar va muassasalarda ishlayotgan ayollarning ish vaqtining qisqartirilgan muddatiga bo`lgan huquqi uch yoshga to`lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o`ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati ham ayni shu moddada belgilab qo`yilgan. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati chog`ida ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan ayollar mehnatiga haq har kungi to`liq ish muddati chog`ida tegishli toifadagi xodimlar uchun belgilangan miqdorda to`lanishi ko`rsatib o`tilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan yashash joyi bo`yicha shahar yoki tuman Bandlikka ko`maklashish markaziga yoki sudga murojaat etishlar mumkin. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |