16:09
YoLG`IZLIK INSON HAYoTI UChUN O`TA XAVFLI EKANLIGI ANIQLANDI
Amerikalik olimlar yolg`izlik va yakkalanib qolish inson hayoti uchun katta xavf tug`dirishini aniqladi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Tadqiqot natijalari EurekAlert portalida chop etildi. Olimlarning fikricha, muloqot nafaqat insonning ruhiy xotirjamligiga, balki uning hayotiy faoliyatiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Olimlar 150 ta eksperimentda ishtirok etgan 300 nafar ko`ngilli qatnashgan ikki tadqiqotni tahlil qilishdi.

Ma`lum bo`lishicha, ijtimoiy aloqalar erta o`limni 50 % ga kamaytiradi. Bundan tashqari jamiyatdan ajralib, yakkalanib qolish semizlikdan ko`ra xavfliligi, insonning erta olamdan o`tishiga olib kelishi aniqlandi.

Ilgari psixologlar yolg`izlik insonning xudbin bo`lishiga sabab bo`lishini ma`lum qilgan edi. Shu bilan birga, inson xudbinlashgani sari yolg`izlik hissi kuchayishi isbotlangandi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1075 | Добавил: Admin | Теги: YoLGIZLIK INSON HAYoTI UChUN OTA XA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar