21:20 Yaqin kishi bilan urishib qolgandan so’ng qilish kerak bo’lmagan 5 ta harakat | |
Yaqin odamlar bir-biri bilan urishishi ko’pincha kuzatiladi lekin ma’lum qoidalarga rioya qilinsa bu urishlar unchalik qo’rquv tug’dirmaydi. 1. Hech qachon ota-onaga til tekkizmang Gap shundaki, urish faqat siz va juftingizga tegishli. Ota-ona haqida aytilgan gap yurakda uzoq yillar muhrlanib qolishi mumkin. Shuningdek ota-onangiz urishga aralashishiga yo’l qo’ymang. Agar baribir bunga yo’l qo’yilgan bo’lsa muammo endi faqat sizlarga emas, ikkita oilaga tegishli. Bunday urishni osonlik bilan dushmanlikka aylantirsa bo’ladi. Hattoki er-hotin orasi o’nglansa ham, oilalar o’rtasida vaziyatlarni og’irlashtiruvchi nizolar qolishi mumkin. 2. Hech ham kuch ishlatmang Ko’pchilik urishayotgan er-hotinlar “so’zlarim ta’sir qilmayapti“ deb o’ylab kuch ishlatishga o’tishadi. Qanchalik jaxlingiz chiqqanini ahamiyati yo’q — kuch ishlatmang. Sevganingiz tomonidan sizga nisbatan ishlatilgan kuch orangizdagi sevgini ketkazishi mumkin. 3. “Ajrashaman“ demang Qanday gaplar aytilganidan qat’iy nazar ajrashish to’g’risida gapirmang. Bu er-hotin gapirishi mumkin bo’lgan so’zlarning eng yomonlaridan biri. Agar urishgan paytda, bir tomon ajralish haqida gapiraversa — oxir-oqibat ajrashishga to’g’ri kelishi mumkin. Jaxlingiz chiqqanida ajralish haqida gapirib qo’yib, undan so’ng afsuslanishingizga ishonchimiz komil. 4. Urish paytida uydan chiqib ketmang Kinolarda ko’pincha er yoki hotin uydan qochib chiqib ketayotganini ikkinchi tomon esa unga yetib olib kechirim so’rayotganini kuzatamiz. Ammo hayotda bunday bo’lishiga gumonimiz bor. Urish payti uydan chiqib ketish — aqlsizlikdir. Yaxshisi jim turing, juftingiz tinchlanganida vaziyatni o’nglashga harakat qiling. 5. Alohida uxlamang Siz juftingiz bilan urishishingizdan oldin bo’lganidek birga uxlashingiz kerak. Bu zo’riqishni olish uchun yaxshi usul. Boshida ikkalangiz bir-biringizga orqangizni o’girib yotishingiz mumkin, ammo uxlab qolganingizdan keyin har kungi odatlar davom etishi mumkin. Ertalab uyg’onganingizda juftingiz yuzingizga tabassum bilan boqayotganini ko’rishingiz ham mumkin. Urish tugadi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |