19:20 Xiyonatkorlar qaysi mamlakatda qanday jazolanadi? | |
Shunday mamlakatlar borki, er-xotinning bir-biriga qilgan xiyonati jinoyat hisoblanib, ular qattiq jazolanadi. Quyida “Interesno.cc” nashri sizni ular bilantanishtiradi. Shveysariya Yevropaning eng ajoyib mamlakatlaridan bo`lmish Shvesariyada xiyonat qilgan odam uch yilgacha boshqa odam bilan nikohdan o`ta olmaydi. Turkiya Bu mamlakatda xiyonat o`g`irlikdan ham yomon jinoyat hisoblanadi. 1996 yildan beri Turkiyada jinsidan qat`iy nazar xiyonat qilgan odamga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi Eron Bu erda xiyonat qilgan ayolni sud qilib o`tirmasdan o`ldirib yuborishadi. Eng yomoni buni ayolning eri yoki erkak qarindoshlari amalga oshiradi. Ammo erkak xiyonat qiladigan bo`lsa, jamoatchilik tanbeh bilan kifoyalanadi. Indoneziya Bu erning qonunlari Turkiyaning qonunidan ham o`tib tushadi. Mamlakat qonuniga binoan xiyonat qilgan odam 15 yildan kam bo`lmagan muddatga qamaladi. Papua — Yangi Gvineya Bu ekzotik mamlakatda nafaqat xiyonat qilganlar, balki xiyonat ko`chasiga boshlaganlar ham jazoga tortiladi. Xiyonat qilgan ayolning eri rafiqasining boshini tanasidan judo qilishga majbur, rafiqasi bilan birga bo`lgan erkakdan esa ayolning bosh barmog`ini yeyish talab qilinadi. Xitoy Xitoyda xiyonat qonun doirasidagi jinoyat hisoblanadi. Xiyonat qilgan odam 2 yilga qamaladi va mol-mulkining yarmi davlat foydasiga musodara qilinadi. Vetnam Topqir vetnamliklar xiyonatni pul keltiruvchi manba deb hisoblab, xiyonat qilgan odamdan 45-145$ jarima undirishadi. Bu mamlakatda cho`ntaging ko`tarsa, istagancha xiyonat qilishing mumkin, barcha jarima rasman, qonun doirasida to`lanadi! | |
|
Всего комментариев: 0 | |