22:02
Xitoyda kamyob timsoh tiriklayin pishirildi
Bunday jirkanch ishga qo‘l urgan olti kishiga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin

Xitoylik olti nafar odam qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Bunga ularning kamayib ketayotgan Xitoy timsohini tiriklayin pishirgani sabab bo‘lmoqda. Yovvoyi tabiatda bu turdagi sudraluvchilarning bor yo‘g‘i 120tasi qolgan.

Vahshiy “oshpazlar” timsohning butun pishirilishi jarayonini videoga ham olishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu ayanchli voqea Xitoyning Anxoy provintsiyasida bo‘lib o‘tgan. Timsoh qanchalik harakat qilmasin, qaynayotgan suvdan chiqa olmadi, oxir-oqibat halok bo‘ldi.

“Oshpazlar” hayvonning qiynab o‘ldirilgani aks ettirilgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishgan. Bu esa tomoshabinlarni yomon ahvolga solib qo‘ydi va ular politsiyaga shikoyat qilishdi. Shundan so‘ng, hayvon qotillari darhol qo‘lga olindi.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 860 | Добавил: Admin | Теги: Xitoyda kamyob timsoh tiriklayin pi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar