14:25 Xalq artistlari klubidan nega xafa bo`ldi? | |
Samimiy, dilkash va Alloh yuqtirgan iste`dod egasi, O`zbekiston xalq hofizi Orolmirzo SAFAROV “Darakchi” gazetasining "Uchrashuv” loyihasida mehmon bo`lib, o`zini qiynagan ayrim masalalarga alohida to`xtalib o`tdi. — “Xalq artistlari” klubi faoliyat yurityapti. O`zbekiston xalq xofizi sifatida siz ham bu klubga a`zomisiz? — Yo`q! Shu kungacha bunday taklif bilan menga murojaat qilishmadi. “Xalq artistlari” deb nomlangani uchun xalq hofizlarini jalb qilmagan ko`rinadi. Vaholanki, O`zbekistondagi 14 nafar O`zbekiston xalq hofizi unvonini olganlar ham bu klubga a`zo bo`lib, o`z fikrlarini aytishga haqli. — Xafa bo`lgan ko`rinasiz... — Rosti, ko`nglim og`ridi. Chunki O`zbekiston xalq hofizlarining hurmati va maqomi ham baland hisbolanadi. Buni ham e`tiborga olishsa, yomon bo`lmasdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |