20:37 Xalq artistlari klubi a`zolari maktablarda nima qilishdi? | |
O`zbekiston Xalq artistlari klubi a`zolari, Respublikamiz bo`ylab, barcha viloyat, tumanlardagi musiqa va san`at maktablariga biriktirilgani haqida xabaringiz bor... El suygan san`atkorlar hududlardagi o`quv ishlari bilan yaqindan tanishib, ta`lim olayotgan iqtidorli yoshlarga o`z maslahatlarni berishyapti. Mazkur an`anani davom ettirgan holda, O`zbekiston Xalq artistlari Klubi Raisi, Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov hamda, O`zbekistondan xalq artisti Farrux Zokirov, G`ulomjon Yoqubov bilan birgalikda Olmazor tumanidagi 25-son bolalar musiqa va san`at maktabida bo`lib, yosh iqtidor egalari bilan ijodiy uchrashuv o`tkazishdi. Uchrashuv davomida, bolalarning ijodi haqida gaplashib, qaysi yo`nalishda ta`lim olayotganlariga qarab, suhbat o`tkazishdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |