22:06 Uy sharoitida kosmetolog xizmatidan foydalangan ayol ko‘r bo‘lib qoldi | |
Uy sharoitida, tibbiy bilim va litsenziyaga ega bo‘lmagan kosmetolog xizmati sizga ham qimmatga tushishi mumkin. Yakutiyalik ayol uy sharoitida kosmetolog xizmatidan foydandi va muolaja vaqtida ko‘z ustidagi shaffof pardaning kuyishi natijasida ko‘r bo‘lib qoldi. Bu haqda “Ren.tv” nashrixabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol politsiyaga murojaat qilgan va uy sharoitida amalga oshirilgan kosmetologik muolajadan so‘ng bir ko‘zi ko‘rmay qolganini aytgan. Shundan so‘ng, noqonuniy ravishda xizmat ko‘rsatgan hamda mijozni extiyotsizlik tufayli ko‘r qilib qo‘ygan kosmetologga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, kosmetologik muolajani amalga oshirgan ayol aholiga bunday xizmatlarni ko‘rsatish uchun na tibbiy bilimga va na litsenziyaga ega bo‘lgan. Jabrlanuvchi qovoq va yuz pilingi amaliyotini amalga oshirish uchun kosmetolog huzuriga borgan. Muolaja natijasida ayolning chap ko‘zi shaffof pardasi uchinchi darajali kuyish jarohatini olgan. Uning ko‘zi ko‘rmay qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan qiz noqonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan kosmetologning xizmatidan jabrlangan birinchi mijoz emas. | |
|
Всего комментариев: 0 | |