23:15 Urush qatnashchilari avtomobillarni eski narxda va navbatsiz olishi mumkin | |
GM Uzbekistan kompaniyasi 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari uchun avtomobillar eski narxda qolishini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. “Kelib tushayotgan ko‘p sonli savollarni inobatga olib, iste’molchilarga quyidagini ma’lum qilamiz: 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilariga berilgan nomli sertifikatlar asosida tuziladigan yangi shartnomalarda 2017-yil 31-mayigacha amal qilgan narxlar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, avtomobillar faxriylarga navbatsiz beriladi”, — deyiladi kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasidagi xabarda. Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan GM Uzbekistan avtomobillari davlat kursidagi dollarga bog‘langan holda so‘mda sotila boshlandi. Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |