02:21 «Universal» pirog - hammaga har doim yoqadi! | |
Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 ml. tomat sharbati, 100 ml. o`simlik yog`i, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz;qiymasiga: 150 grammdan qo`y va mol go`shti qiymasi, 250 gr. qovoq, 2 bosh piyoz, 1 dona kartoshka, yarim choy qoshiq zira, tuz. Tayyorlanishi: 1. Qovoq, kartoshka va piyozni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang. Go`sht qiymasi bilan aralashtirib, tuz va zira seping. 2. Tomat sharbati, o`simlik yog`i, tuzni aralashtirib, un va xamiryumshatgichni qo`shing. Yumshoq xamir qorib, sellofanga o`rang-da, to qiyma tayyorlanguncha muzlatkichga qo`ying. 3. Xamirni teng ikki qismga bo`lib, qolipingizga mo`ljallab yoying. Pishiriq qog`ozi solingan qolipga birinchi bo`lak xamirni joylab, ustidan qiymani soling. 4. Ikkinchi xamirni yupqaroq yoyib, pirog yuzini yoping. Chetlaridagi ortiqcha xamir bo`laklarini oling-da, tugib chiqing. Qolgan xamir bilan pirog yuzini bezating. 180-190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga suv sepib, sochiq yopib, 15 daqiqa tin oldiring. Keyin bo`laklarga bo`lib dasturxonga tortish mumkin. 5 kishilik 1 soatu 30 daqiqa | |
|
Всего комментариев: 0 | |