23:58
Ummon guruhi yana bir bor qat`iy ogohlantirildi
«O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a`zolari tomonidan «Ummon» guruhining «Oq gulim» deb nomlangan qo`shig`i va unga ishlangan klipidagi mavjud kamchiliklarni to`g`rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi.

Biroq bildirilgan kamchiliklar to`liq bartaraf qilinmasdan, efirga berilganligi bois «Ummon» guruhi ogohlantirildi.

«O`zbekkonsert» DM bergan xabarga ko`ra, agar, ushbu holat quyidagi san`atkorda qayta takrorlansa, unga berilgan lisenziya muddatidan avval to`xtatiladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Просмотров: 1345 | Добавил: Админ | Теги: Ummon guruhi yana bir bor qatiy ogo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar