12:23
Ucell: "Ijobiy" tarifi yanada ijobiy bo‘ldi!
Endi "Ijobiy" tarifi abonentlarida a’lo kayfiyat uchun yanada ko‘proq sabablar bor!

20.07.2016-y. sanasidan to 20.10.2016-y. sanasigacha bo‘lgan muddatda mazkur tarif abonentlari har gal o‘z hisoblarini:

$1.90 dan to $2.89 gacha miqdorga to‘ldirishda 7 kun muddatga tarmoq ichida muloqot uchun 100 daqiqa oladilar!
$2.90 va undan ortiq miqdorga to‘ldirishda – tarmoq ichida 7 kun muddatga 200 daqiqa, shuningdek O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS oladilar!

Asosiy hisobdagi barcha mablag‘larni esa abonentlar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, Kompaniyaning o‘zlariga yoqqan xizmatlari va mahsulotlariga sarflashlari mumkin!

Bonus daqiqalar va SMSlarning amal qilish muddati – belgilanganidan boshlab 7 kun;
Har bir yangi bonus avvalgi bonus qoldig‘iga qo‘shiladi, amal qilish muddati esa yangi bonus taqdim qilingan kundan boshlab 7 kunga uzaytiriladi;
Abonent to‘plashi mumkin bo‘lgan bonus daqiqalarning eng katta miqdori – tarmoq ichida 5000 daqiqa.
Bonus daqiqalar va SMSlar roumingda bo‘lgan abonentlarga belgilanmaydi, shuningdek, ular Kompaniyaning pullik xizmatlaridan va uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlardan foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.
Belgilangan bonuslardan faqatgina Faol holatda foydalanish mumkin va ular pul ko‘rinishida qaytarilmaydi.
Belgilangan bonuslar qoldig‘ini *102# raqamiga USSD-so‘rov yuborish yordamida tekshirish mumkin.

"Ijobiy" tarifiga Siz *120# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali o‘tishingiz mumkin.
So‘rov narxi – $0.50 (tarif muvaffaqiyatli almashtirilganida).

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

"Ijobiy" tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
Категория: Qiziqarli Kompaniyalar yangiliklari / UMS UCELL BEELINE / Tariflar | Просмотров: 1173 | Добавил: Admin | Теги: Ucell: Ijobiy tarifi yanada ijobiy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar