09:10 Tvorogli sharchalar solingan pirog | |
Sizga mazali va foydali pirog tayyorlashni tavsiya qilamiz. Shirinlikning tarkibi unchalik murakkab emas, mazasiga esa gap yo‘q. Masalliqlar Sharchalar uchun: 300 g tvorog (yog‘liligi 1%) 3 dona tuxum sarig‘i 80 g shakar 60 g kokos qirindilari 4 osh q. kraxmal Xamiri uchun: 5 dona tuxum 50 g shakar 60 g shokolad 3 osh q. un 3 osh q. kraxmal 4 osh q. kakao ½ ch. q. tuz 3 o‘ram vanilli shakar ½ ch. q. yumshatuvchi Sharchalarni tayyorlash Boshida tvorogli sharchalarni tayyorlash kerak. Ko‘rsatilgan hamma masalliqlarni olamiz: tvorog, tuxum sariqlari, shakar, kokos qirindilari va kraxmal. Yaxshilab aralashtiramiz va hosil bo‘lgan aralashmadan kattaligi taxminan 3 santimetr bo‘lgan sharchalar yasaymiz. Xamirini tayyorlash Tuxumlarni olamiz, sariqlarini ajratamiz va ularni shakar bilan birga tekis va oqish aralashma holiga kelguncha ko‘pirtiramiz. Keyin shokoladni eritamiz va uni shakarli tuxum sarig‘iga qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan aralashmaga qolgan masalliqlarni qo‘shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz. Endi tuxum oqlarini 50 g shakar bilan aralashtiramiz. Bu aralashmani juda ehtiyotkorlik bilan ikki bo‘tqa birlashib ketmaguncha yuqoridan pastga tomon joylashtiramiz. Pishirish Pishirish uchun mo‘ljallangan idishga pergament qog‘ozini to‘shaymiz, sharchalarni joylashtiramiz va ularning ustidan shokoladli aralashmani quyamiz. 190 darajada 40-45 daqiqa davomida pishiramiz. Yoqimli ishtaha! Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |