02:20
Tushlikka toblama - oddiy, oson va to`yimli
Zarur masalliqlar: 400 gr. makaron, 500 gr. go`sht qiymasi, 100 gr. pishloq qirindisi, 1 tadan piyoz, sabzi, 1 dona tuxum, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, petrushka, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, sabzini qirg`ichdan o`tkazib, 2 osh qoshiq qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Maydalangan sarimsoq piyoz va petrushkani ham qo`shing.

2. Qiymaga tuxum, qovurilgan qayla, tuz va murch solib aralashtiring.

3. Makaronni qaynayotgan tuzli suvda qaynatib oling.

4. Tovaga yog` surtib, makaronning 1/3 qismini bir tekis qilib joylang. Ustidan qiymali qaylani, qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni soling. Keyin masalliqlarni yana shu tartibda joylashtirib chiqing. Yuziga qolgan pishloqni seping. Ustidan qopqoq yoki folga (zar qog`oz) yopib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.

Bu taom uchun makoronni qaynab turgan tuzli suvda qaynatib oling. Shunda u ezilmasdan pishadi.
Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 792 | Добавил: Admin | Теги: Tushlikka toblama - oddiy, oson va toyimli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar