08:49
Turpning 7 ta foydali xususiyatlari
Turpning 3 hil turi bor: qora (qishki) turp, yashil (Marg`ilon)turpi va daykon (yapon) turpi. Turp tarkibida B1, B2vitaminlari mavjud. Bir dona turpda 1,9 gr. oqsil, 0,2 gr.yog`, 6,5 gr. uglevodlar bor.

1. Turp sharbati va asal (1:1) aralashmasini o`t pufagidagi toshlardan xalos bo`lish uchun iching. Bir kunda 0,5 osh qoshiqdan boshlab 2 osh qoshiqqacha etkazing. Muolaja muddati –10 kun.

2. Yo`talga qarshi turpni yupqa qilib kesib, ustiga shakar seping-da, yarim kunga qoldiring. Chiqqan sharbatini bir osh qoshiqdan har soatda qabul qiling. Bu yo`l bilan yo`talingizni tez va oson davolaysiz.

3. Turpni mayda bo`laklarga bo`ling, idishga solib, shakar seping va duxovka pechiga 2 soatga qo`ying. Paydo bo`lgan sharbatni dokadan o`tkazib olib, 2 choy qoshiqdan 3-4 martadan taomlanishdan avval va uxlashdan oldin ichsangiz, shamollashlardan qutulasiz.

4. Turpni quyidagi kasalliklarda iste`mol qilmagan ma`qul:
ingichka va yo`g`on ichak yallig`lanishida;
oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida;
jigar va buyrak kasalliklarida;
gastritda.

5. Ozish uchun turpdan tayyorlangan engil salatlardan tamaddi qiling. Turpning ochlik hissini kamaytiruvchi xususiyati ham bor.

6. Agar ishtahangiz yo`q bo`lsa, har kungi taomnomangizga, albatta, yashil turpni qo`shing.

7. Kamqonmisiz, u holda turp, lavlagi va sabzidan tayyorlangan sharbatni iching.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 759 | Добавил: Admin | Теги: Turpning 7 ta foydali xususiyatlari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar