19:23
Turli mamlakatlarda sevishganlar bir-birlarini qanday atashadi?
Sevishgan yigit bilan qiz bir-birini “azizim”, “kichkintoyim” deb atasa, bu hech kimni hayratga solmaydi, chunki bunday erkalashlar tez-tez qulog`imizga chalinadi. Ammo juftingiz sizni “gulkaramim” deb atasa-chi? G`alati, to`g`rimi? Ammo bu so`z Fransiyadagi eng yaxshi, erkalovchi so`zlardan biridir, deb ma`lumot berdi “Interesno.cc” nashri.

Quyida sizni turli mamlakat sevishganlarining bir-birini erkalovchi so`zlari bilan tanishtiramiz:

1. Fransiyada : “Burgacham!”, “Bo`g`irsog`im!”
2. Rossiyada: “Quyoncham!”
3. Taylandda: “Filcham!”
4. Braziliyada: “Oshqovog`im!”
5. Arab mamlakatlarida: “Ohu ko`zim!”, “Bosh karamim!”
6. Indoneziyada: “Qalbim mevasi”
7. Ispaniyada: “Bir parcha qandim!”
8. Yaponiyada: “Ko`zli tuxumim”.

Qiziq erkalashlar to`g`rimi?
Sevgan insoningiz sizni kim deb atashidan qat`i nazar, hech qachon qalbingizni muhabbat tark etmasin!
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 844 | Добавил: Admin | Теги: Turli mamlakatlarda sevishganlar bi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar