00:57
Turfa xil ajabtovur ma’lumotlar
Rus tilidan Orifjon Madvaliyev tarjimasi
Eng yuqumli kasallik “vabo” nomini olgan yengil o‘latdir. U sabab butun jahonda 75 millionga yaqin inson dunyodan ko‘z yumgan. XIV asr o‘rtalarida bu kasallik tufayli Yevropaning chorak qismi tutday to‘kilgan.

Eng baland tana harorati 1980 yil 10 iyulda AQSHning Atlanta shahrida 52 yoshli Uilli Jonsda kuzatilgan. Uning temperaturasi to‘ppa-to‘g‘ri 46,5° S edi. Bemorga 24 kundan keyin javob berilgan.

Eng past tana harorati 1994 yil 23 fevralda Kanadada Karl va Kozolofski oilasida kuzatilgan. Ularning ikki yashar qizaloqlari muzlatgichda tasodifan 6 soat (!) qolib ketadi. Bechoraning temperaturasi bor-yo‘g‘i 14,2° S edi.

Amerikalik Charlz Yensen 1954 – 1994 yillar oralig‘ida 970 marta operatsiya stoliga yotqizilgan.

Eng uzoq davom etgan operatsiya 1951 yilda o‘tkazilgan, u 96 soatga cho‘zilgan.

Aniqlanishicha, Yerning og‘irligi har yili uning sirtiga tushuvchi meteorit hisobiga 30000 tonnaga ortib boradi.

Sayyoramizdagi eng baland cho‘qqi Himolay tog‘laridagi Jamolungma (Everest) ekanini ko‘pchilik yaxshi biladi. Lekin sun’iy yo‘ldosh orqali o‘tkazilgan oxirgi o‘lchovlar Pokistonning Chagorn tog‘idagi cho‘qqilar 8858 – 8908 metr balandlikda joylashganini ko‘rsatdi. Yana bir munozarali masala bor. Yer markazidan eng olisda joylashgan cho‘qqi And tog‘laridagi Chimborazo (Peru) dir. Uning balandligi 6267 metrni tashkil etadi. U Yer markazidan Jamolungma (Everest)ga qaraganda 250 metr uzoqroqda joylashgan.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 1048 | Добавил: Admin | Теги: Turfa xil ajabtovur ma’lumotlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar