08:48
Tunda organizmingizda nimalar sodir bo'lishini bilasizmi?
Kunduzi barcha o‘zi bilan o‘zi ovora. Qornimiz ochganini sezib, biron narsa yeb olamiz, og‘riqni qoldirishga harakat qilamiz, chaychoq sezsak, uxlab olamiz. Hullas, organizmimiz bilan muloqotda bo‘lamiz. Lekin kechquruq uyquda bo‘lganimizda nimalar sobir bo‘ladi?

Soat 22:00

Qonda leykotsidlar soni ikki barobar ko‘payadi – bu bilan immun tizim tekshirilgan maydonlarda tekshiruv olib boradi. Tana harorati tushadi. Biologik soatlar “uxlash vaqti keldi” deya ishora beradi.



Soat 23:00

Tana yana ham tinchlanadi, lekin har bir hujayrada tiklanish jarayoni bo‘lib o‘tadi.



Soat 00:00

Tushlar ongni yanada ko‘proq egallab boradi, miya esa kun davomida yig‘ilgan ma’lumotlarni joylay, mehnat qilishda davom etadi.



Soat 1:00

Juda ta’sirli tush. Vaqtida davolanmagan tish yoki kun bo‘yi charchagan oyoq og‘rig‘i tinchlik bermasligi mumkin.



Soat 2:00

Barcha organlar dam oladi, faqat jigar organizmni yig‘ilib qolgan toshqollardan tozalab, tinim bilmay mehnat qiladi.



Soat 3:00

Butunlay jismoniy pasayish: arterial qon bosim pastki darajada, yurak urishi va nafas olib chiqarish sekinlashadi.



Soat 4:00

Miya minimal darajadagi qonni ta’minlaydi va uyg‘onishga tayyor emas, lekin eshitish qobiliyati haddan ziyod ziyrak – ahamiyatsiz shovqindan ham uyg‘onib ketish mumkin.



Soat 5:00

Buyraklar dam oladi, mushaklar mudroq oladi, modda almashinuvchi sekinlashadi, biroq organizm, deyarli uyg‘onishga tayyor.



Soat 6:00

Buyrakosti bezlari qonga adrenalik va noradrenalin gormonini tashlashni boshlaydi. Ular esa arterial qon bosimini ko‘taradi va yurakni tezroq urishga unlaydi. Ong mudrak otayotgan bo‘lsada, organizm uyg‘onishga tayyor.



Soat 7:00

Immun tizimining avjga chiqqan davri. Badantarbiya qilish va iliq dush qabul qilishning ayni vaqti. Aytmoqchi, bu vaqt organizm dorilarni kunning boshqa vaqtiga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiradi.
Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar | Просмотров: 857 | Добавил: Admin | Теги: Tunda organizmingizda nimalar sodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar