13:41
Tug`ruqdan keyingi qorin muammosi...
Quyidagi mashqlarni muntazam bajarib borsangiz, qorin mushaklarini chiniqtirib, taranglashishiga erishishingiz mumkin.

1. Yon tarafingiz bilan yoting. Avval o`ng, so`ng chap oyoqni yuqoriga ko`tarib, qaychi mashqini bajaring. Bu mashq bo`ksadan qorin mushaklariga zo`riqish tushishini ta`minlaydi.

2. Kukrak bilan yoting. Nafas olganda qorin mushaklarini ichkariga torting. Nafas chiqarganda bo`shating. Mashqni 6-8 marta bajarasiz.

3. Yon tarafingiz bilan yoting. Bosh salgina ko`tarilgan, oyoq tizzasini bukib, oldinga harakatlantiring.

4. Oyoq tizzasi va qo`l kaftiga tirangancha mashq gilamchasiga joylashing. Sanoq boshida chap qo`l va o`ng oyoqni yuqoriga ko`tarib, tushiring. Mashqni o`ng qo`l va chap oyoq bilan ham bajarasiz. Takroriyligi 8 marta.

5. Devorga suyaning. O`tirib-turish mashqini bajaring. 8 marta.

VAZN BILAN KURAShIShGA YoRDAM BERADI

– Farzandingiz bilan bir kunda ikki mahal sayyor qiling. Ertalab va kechqurun. Piyoda yurish kun davomida iste`mol qilingan mahsulotlar kaloriyasini parchalashda yordam beradi.

– Emizikli ayollar bir kunda o`rtacha 500 kilokaloriyani yo`qotishadi. Ishonish qiyin-a?! Biroq haqiqatan ham shunday. Shu bois ham bolani ko`proq emizish tavsiya etiladi.

– Taomlanganda sabzavotlarga e`tibor bering. Xamirli taomlarni cheklang. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning.

– Ko`proq suv iching. Gazsiz yoki qaynatib tindirilgan suv ayni muddao.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Просмотров: 950 | Добавил: Admin | Теги: Tugruqdan keyingi qorin muammosi... | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar