20:30
Toshkentdagi kollejlardan birida yong`in yuz berdi, jabrlanganlar bor
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan xabar berishlaricha, joriy yilning 13 iyun kuni Toshkentdagi kollejlardan birida yong`in yuz bergan.

Taxminan soat 13:40larda, Shayxontohur tumanidagi tibbiyot kollejining bir guruh o`quvchilari ehtiyotsizliklari oqibatida, tug`ilgan kunni nishonlash jarayonida yonib turgan shamlar bilan gaz (geliy) to`ldirilgan sharlar tutashib yong`in kelib chiqqan va uch nafar kollej talabalari turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Toshkent shahar IIBB havo sharlari bilan o`ynamaslikni va ulardan foydalanmaslikni so`ramoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 724 | Добавил: Admin | Теги: jabrlanganlar bor, Toshkentdagi kollejlardan birida yo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar