11:20
Toshkentda sezilgan yer silkinishi epimarkazi Tojikistonda bo‘ldi
Toshkent shahrida taxminan 09:48 da yer silkinishi kuzatildi. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi epimarkazi Tojikistonda kuzatildi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 300 kilometrdan kamroq uzoqlikda joylashgan. “Toshkent” seysmostansiyasining “Daryo”ga xabar berishicha, epimarkazda zilzila magnitudasi 6 ni tashkil etgan.

Toshkent shahrida 3,5—4, Farg‘onada 4,5, Andijonda 4 balli yer qimirlashi sezilgan.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 807 | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda sezilgan yer silkinishi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar