00:46 Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni aniqlagan fuqarolarga faxriy yorliqlari taqdim etildi | |
2018 yil davomida Toshkent avtomobil yo`llarida sodir etilgan yo`l-transport hodisalari soni 2017 yilga nisbatan 23,4 foizga, halok bo`lganlar soni 19,5 foizga, jarohat olganlar soni 22,3 foizga kamaygan. Bu haqda O`zA xabar berdi. Joriy yilning o`tgan bir oyi davomida sodir etilgan yo`l–transport hodisalari soni 2018 yilning shu davriga nisbatan 30,4 foiz, halok bo`lganlar soni 64,3 foiz, jarohat olganlar soni 31,5 foizga kamaygan. Toshkentda transport vositalarining harakatlanishi nisbatan tartibli bo`lib bormoqda. Bunda fuqarolarning bir-birlarini tartib buzishlarini nazorat qilib borishlari ham ijobiy natija bermoqda. Toshkent shahar IIBB YHXB boshqarmasida ochilgan ijtimoiy tarmoqda o`zining ko`plab takliflari, transport vositalarini boshqarishda haydovchilar tomonidan yo`l qo`yilgan huquqbuzarliklar qayd etilgan videolavhalar orqali muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh fuqarolar rag`batlantirilib, «Yo`l posboni» faxriy yorliqlari taqdim etildi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |