21:31
Toshkentda piyodalar svetoforlariga taymerlar o`rnatiladi
Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo`jaev tashabbusi bilan poytaxtda piyodalar svetoforlari teskari sanoqli svetoforlarga almashtirish loyihasi boshlandi.

24 may kuni dastlabki oltita svetofor poytaxt markazidagi Zarafshon va Matbuotchilar ko`chalari kesishmasiga o`rnatildi.Yangilikni joriy etishdan ko`zlangan maqsad — yo`llarni birinchi navbatda piyodalar uchun qulay va xavfsiz qilishdan iborat, dedi shahar hokimiyati vakili. Yangi svetoforlar birinchi navbatda piyodalar oqimi katta bo`lgan joylar hamda ko`chalarning tirband va xavfli qismlariga o`rnatiladi.

«Svetoforlar birinchi navbatda almashtiriladigan joylar ro`yxati tuzildi va u to`ldiriladi. Birinchi bosqichda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 400 ta yorug`lik diodli svetofor sotib olish rejalashtirilgan. Avtomobillar uchun vaqt ko`rsatkichli svetoforlarni o`rnatish rejalashtirilayotgani yo`q», — dedi poytaxt ma`muriyati vakili.

Yaqin kunlarda quyidagi ko`chalarda svetoforlar almashtiriladi:

Mustaqillik (Darxondagi piyodalar o`tish joyi);

Mirzo Ulug`bek — Musavvirlar;

Parkent (Parkent bozori qarshisidagi ikkita piyodalar o`tish joyi);

Afrosiyob ko`chasi («Moviy gumbazlar» xiyoboni yonidagi piyodalar o`tish joyi);

Shota Rustaveli — Minglar;

Shota Rustaveli (Askiya bozori va Muqimiy oralig`iga);

Muqimiy ko`chasi (173-maktab);

Muqimiy ko`chasi («Sport tovarlari» chorrahasi);

Moyqo`rg`on — Binkat (AQSh elchixonasi yaqinida).
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 727 | Добавил: Админ | Теги: Toshkentda piyodalar svetoforlariga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar