15:51 Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining jinoyat ishi bo`yicha sud jarayoni boshlandi | |
2018 yil 16 mart kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tumani sudida Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat ishiga oid sud jarayoni boshlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi. Ma`lumki, Toshkent yuridik kolleji o`quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o`zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgani, biri esa og`ir tan jarohati olgani ko`pchilikning qalbini larzaga solgan edi. Prezidentimiz ham bu voqeaga e`tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo`l qo`ygani hamda juda ko`p miqdorda kollej mablag`larini o`zlashtirish, mansabini suiiste`mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan. Sodir bo`lgan mudhish voqeadan keyin Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekshirish o`tkazdi. Natijada bu o`quv maskanida boshqa jinoyatlar sodir bo`layotgani ham aniqlandi va jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Mazkur jinoyat ishiga aloqador bo`lgan hamda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aylanayotgan N.Temirovaga nisbatan 2017 yil 25 noyabr kuni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |