15:51 Toshkent viloyati hududida yana bitta avtomatlashtirilgan fotoradar o`rnatiladi | |
“Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lida avtomatlashtirilgan fotoradar o`rnatiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB Yo`l-harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati O`zAga ma`lum qildi. Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimiyati tashabbusi bilan viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan A 373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining 142-kilometri – “Qoraxitoy” qishloq fuqarolar yig`ini hududiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradar o`rnatilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq, 16 fevraldan “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” avtomobil yo`lining 806-871 kilometlari oralig`ida (Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha) yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan 3 dona fotoradar uskunasi rasman ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur fotoradarlar yordamida 13 martga qadar 29 ming 400 dan ortiq haydovchi belgilangan tezlik talabini buzgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |