01:10
Toshkent shahar IIBB Murod Xonto`raev ishi bo`yicha ma`lumot berdi
Toshkent shahar IIBB Xonto`raevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) o`zgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018 yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.

Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 26 noyabr kuni o`zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Murod Xonto`raev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 608 | Добавил: Admin | Теги: Toshkent shahar IIBB Murod Xontorae | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar