23:17
“TIL OQARIShI NIMADAN?”
O`smir yoshli qizimning tili ertalablari oqish rang bilan qoplanib qolayapti. Oshqozon-ichaklarida muammo yo`q. Ishtahasi yaxshi, uyqusi ham. Til rangining o`zgarishi nima bilan bog`liq bo`lishi mumkin?

Jamila Rahimova, Jizzax viloyati

Deyarli barchamizda ertalablari til yuzasi oqarib qoladi. Bu tun bo`yi faol bakteriyalarning til yuzasida to`planib qolishining alomatidir. Uyqudan uyg`ongach, og`izdan noxush hid kelishi ham shundan. Tishlar tozalangach, yoqimsiz hid bartaraf etiladi. Tildagi oqimtir karashning boshqa sabablari ham yo`q emas, bular: til a`zosining zararlanishi, dori vositalarining ta`siri, ichki organlar kasalligi, infeksiyalar, gipovitaminoz, disbakterioz hamda oshqozon-ichak tizimi buzilishlaridir. Til yuzasining o`zgarishi karbolol kislotasi, antibiotiklar, sulfanilamidlar, tish yuvish pastalarining tarkibiga kirgan evkalipt va anis moylari ta`sirida ham kelib chiqishi mumkin.

Agar til yuzasidagi oqish karash qalin, oqish – och jigarrang tusda bo`lib, til atrofiga ham tarqalsa gastritga taxmin qilinadi. Ushbu holatda og`iz qurushi ham kuzatilishi mumkin. Me`da-ichaklar faoliyatidagi o`zgarishlarda til yuzasidagi karash oqish dumaloq ko`rinishdagi mayda dog`chalar bilan aks etadi. Pankreatit belgisi til ustining sarg`imtir rangga kirishi bilan xarakterlanadi.

Qizingizni gastroenterolog shifokor ko`rigiga olib boring, kerakli tekshiruvlar o`tkazilgach, muammo nimada ekanligi aniqlanadi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 953 | Добавил: Admin | Теги: “TIL OQARIShI NIMADAN?” | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar