19:16 Tezlikni oshirgan “Spark” haydovchisi o`zi sodir etgan YTH oqibatida halok bo`ldi | |
2017 yil 20 may kuni soat taxminan 11:30 da boshqaruvida «Spark» rusumli avtoulov bo`lgan haydovchi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Haydovchi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg`ur ko`chasi bo`ylab boshqarib kelib, beligilangan tezlikni oshirishi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan holda, yo`l chetiga chiqib ketib, avtoulovni beton ariqqa urgan. Yo`l transport hodisasidan olingan tan jarohatlari oqibatida haydovchi shifoxonaga borishda vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |