15:51
Test orqali yurakni tekshirish (Psixologik test)
Quyidagi test orqali organizmingizda kuzatilayotgan o`zgarishlarga aniqlik kiritishingiz mumkin.

1. Lohaslik qiynamaydimi?
Ha, tez-tez shunday bo`ladi – 3 ball
Yo`q, doim tetikman – 0 ball
Ba`zan lohas va quvvatsiz bo`lib qolaman. Ayniqsa, asabiylashsam – 1 ball

2. Uyqusizlik bezovta qiladimi?
Tunda bir necha marta uyg`onib ketaman – 2 ball
Uxlashim juda qiyin – 2 ball
Uyqusizlik bezovta qilmaydi – 0 ball

3. Qon bosimingiz ko`tarilib ketmaydimi?
Yo`q – 0 ball
Ba`zan shunday bo`lib turadi – 4 ball

4. Zinadan ko`tarilayotganda nafas qisishi yoki hansirash kuzatilmaydimi?
Shunday bo`ladi – 4 ball
Yo`q – 0 ball
Uchinchi qavatdan keyingilariga chiqishda hansirab qolaman – 2 ball

5. Sport bilan shug`ullanasizmi?
Yo`q, bunga vaqtim etmaydi – 5 ball
Haftasiga 1-2 marta sport mashqlarini bajarib turaman –1 ball
Kunora yugurish va velosipedda sayr qilishni kanda qilmayman – 0 ball

6. Jismoniy faollik yoki stress holatlarida yuragingiz tez urib ketadimi?
Ha – 7 ball
Yo`q, hech qachon kuzatilmagan – 0 ball

7. Asabiymisiz?
Tez-tez asabiylashaman – 3 ball
Asabimni nazorat qila olaman – 0 ball
Vaqti-vaqti bilan asablarim taranglashishi mumkin – 2 ball

8. Yaqinlaringiz orasida infarkt holatlari uchraganmi?
Ha, 45-50 yoshli qarindoshlarim orasida bo`lgan – 7 ball
Ha, 60-70 yoshdagi oila a`zolarim orasida kuzatilgan – 5 ball
Yo`q bo`lmagan – 0 ball

9. Ovqatlanish tartibingiz qanday?
Iloji boricha foydali mahsulotlarni tanlayman – 0 ball
Yog`li va xamirli taomlarni yoqtiraman – 4 ball
Ba`zan zararli mahsulotlarni tanlashim mumkin – 1 ball

Natijalar:

To`plagan natijangiz 0 dan 12 ballgacha bo`lsa:

Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinishingiz ehtimoli kam, deyish mumkin. Shunday bo`lsa-da, 35 yoshdan so`ng yiliga bir marotaba shifokor ko`rigidan o`tib turing.

12 ball va undan yuqorisi:

Kichik bezovtaliklar organizmingizdagi ogohlantiruv belgisi bo`lishi ham mumkin. Har ehtimolga qarshi kichik bezovtaliklarda ham mutaxassisga uchrang.
Категория: Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar | Просмотров: 1630 | Добавил: Admin | Теги: Test orqali yurakni tekshirish (Psi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar