22:45
Tantana pirogi bayram oldi g`ayratingiz toshsa
Zarur masalliqlar: 250 gr. shakar, 3 stakan un, 150 gr. sariyog`, 4 dona tuxum, 1 osh qoshiq smetana, 10 gr. xamiryumshatgich, pichoq uchida vanilin; ichiga solishga: 400 gr. konservalangan shaftoli mevasi, 80 gr. yong`oq mag`zi, 2 o`ram vanilinli puding.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig`ini 50 gr. shakar bilan aralashtiring.

2. Eritilgan sariyog` sovigach, smetana bilan tuxum sarig`iga solib, un va xamiryumshatgichni ham qo`shing. So`ngra xamirni aylana shakldagi yog`langan qolipga soling.

3. Tuxum oqini qolgan shakar bilan ko`pirtiramiz. Vanilinli pudingni ham solib, mikser bilan aralashtirishda davom etamiz.

4. Xamir ustiga konservalangan shaftolilarni terib chiqing. So`ngra tuxum oqili aralashmani quying-da, maydalangan yong`oq mag`zidan seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi.

2 soat

8 kishilik
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi | Просмотров: 871 | Добавил: Админ | Теги: Tantana pirogi bayram oldi gayratin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar